Xoland faoliyatini "CHelsi"da davom ettirishi mumkin
25 dek 2020 17:38
Yangiliklar


Xoland faoliyatini "CHelsi"da davom ettirishi mumkin
"CHelsi" Dortmundning "Borussiya" jamoasi hujumchisi Erling Xolandga qiziqish bildirmoqda.
London klubi 20 yoshli futbolchining bitimini yozgi transferlar oynasida amalga oshirishni rejalashtirmoqda. Norvegiyalikka shuningdek "Manchester Siti" va "Manchester Yunayted" klublari qiziqish bildirmoqda.
Futbolchi 2019 yilning dekabridan beri "Borussiya"da o'ynab keladi. U nemis klubi safida 32ta o'yinda maydonga tushib, 33ta gol va 6ta assist qayd edi. Uning klub bilan tuzgan shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
"CHelsi" Angliya chempionatida 14 turdan so'ng 25 ochko jamg'argan holda, 6-o'rinda bormoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar