Xoland Bundesliga rekordini o'rnatdi
25 jan 2020 08:14
Yangiliklar


Xoland Bundesliga rekordini o'rnatdi
“Borussiya Dortmund” hujumchisi “Kyoln”ga qarshi bahsda (5:1) zaxiradan maydonga tushib, dublga erishdi.
Bu 19 yoshli Erling Xoland uchun Bundesligadagi 2-o'yinda urilgan 5-gol bo'ldi. Natijada norvegiyalik hujumchi Bundesliga tarixidagi dastlabki ikkita o'yinida 5 ta gol urgan ilk futbolchi bo'ldi. Xoland eng qizig'i ikkal uchrashuvda ham zaxiradan o'yinga qo'shildi.
“Borussiya” futbolchini qishki transferlar vaqtida 20 mln evro evaziga “Zalcburg”dan sotib olgandi.
O’xshash yangiliklar
16:49
Bundesliganing TV bo'yicha 2025/26 yilgi mavsum uchun pul taqsimoti: har bir klub qancha oladi? 1

Fikrlar