Xoland APLda 3 ta rekordni yangiladi
03 okt 2022 09:45
Yangiliklar


Xoland APLda 3 ta rekordni yangiladi
Angliya chempionati 9-turda “Manchester Siti” derbida “Manchester Yunayted”ni 6:3 hisobida taslim etdi.
“SHaharliklar” forvardi Erling Xoland chempionat doirasida uyda o'tkazilgan qatorasiga uchinchi bahsda xet-trikka erishib, APLda bunday natija qayd etgan ilk futbolchiga aylandi. Avvalroq, u “Nottingem Forest” (6:0) hamda “Kristal Pelas” (4:2) bilan “Etihad”da o'tgan uchrashuvlarda uchtadan gol urgandi.
SHuningdek, 22 yoshli forvard musobaqada uchta xet-trikni eng tez qayd etgan o'yinchi sifatida ham rekord qo'ydi. U buning uchun 8 ta o'yin sarfladi hamda Maykl Ouenning (48 ta bahs) natijasini ancha yaxshilashga erishdi.
Bundan tashqari, norvegiyalik Angliya yuqori divizioni dastlabki 8 turidan keyin 14 ta gol urgan birinchi futbolchi sifatida tarixdan joy oldi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar