Xoland APL grandi bilan kelishib oldi
12 mar 2022 07:50
Yangiliklar
Xoland APL grandi bilan kelishib oldi
Bu haqda Daily Mail Germaniyadagi nashrlarga tayanib xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, “Manchester Siti” “Borussiya D” forvardi Erling Xolandni yozda o'z safiga qo'shib oladi. Norvegiyalikning tovon puli 63 mln funtni tashkil etishi aytilmoqda. Xolandning agent Mino Rayolaga ketadigan mablag' bilan birga transfer 100 mln evroga baholanmoqda.
SHu tariqa, “shaharliklar” Erling uchun kurashda “Real”, “Barsa” hamda PSJni ortda qoldirdi.
Futbolchining otasi Alf-Ingening “Siti”da 3 yil o'ynagani ham 21 yoshli hujumchining “Etihad”da o'ynashiga hissa qo'shishi kutilmoqda.
Fikrlar