Xoland 2022 yildagi asosiy maqsadi haqida gapirdi
27 jan 2022 12:12
Yangiliklar
Xoland 2022 yildagi asosiy maqsadi haqida gapirdi
Dortmundning "Borussiya"si hujumchisi Erling Xoland ushbu yilda o'z oldiga qo'ygan maqsadlari haqida gapirdi.
"Biz yanada kuchliroq o'yin ko'rsatishimiz mumkin. Balki men hujumni yaxshi yakunlarman. Ammo buni yanada yaxshiroq amalga oshirish mumkin. Tezroq va kuchliroq bo'lishni istayman.
Agarda biror nima ustida ishlash kerak bo'lsa, jarohatlardan qochish borasida o'ylardim. Tabiiyki, jarohat olmasam, ko'proq o'yinlarda maydonga tushaman va ko'proq muvaffaqiyatlarga erishaman.
2022 yildagi asosiy maqsadim - jarohat olmaslik. Bu nafaqat ushbu yilga, balki, faoliyatimning qolgan qismiga ham tegishli. Bu asosiysi", - dedi norvegiyalik futbolchi.
Fikrlar