Xojson Xitoy klubi bosh murabbiyi bo'lishi mumkin

Narzulla Saydullayev
29 iyun 2016
Angliya terma jamoasi sobiq ustozi Roy Xojson Xitoy Superligasida ish boshlashi mumkin.

Bu haqda Xitoy Superligasining 12ta klubi bilan hamkorlik qiluvchi kompaniya direktori Erik Gao ma'lum qildi.

Mamlakatdagi ko'plab klublarga xorijlik murabbiylar kerak. Xojsonda ajoyib imkoniyat bor, unga qiziqayotganlar ko'p, - deydi Gao.

Xojson Angliya terma jamoasi Evro-2016ni tark etganidan so'ng iste'foga chiqdi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: theguardian.com