So’nggi yangiliklar

12:07Ўзбекистон – Қирғиз Республикаси учрашувининг вақти ўзгарди  1 11:39Ривалдо: "Ямаль – "Барселона" учун ҳақиқий хазина"  4 11:05Расман: Серхио Рамос Мексика клубига ўтди  6 10:45Жаҳонгир Абдумўминов Вьетнамдаги 4 йиллик фаолиятидан сўнг Ўзбекистонга қайтди  0 10:13Алтин Крезиу: "Андижон"да янги синовларга тайёрман"  1 09:42"ФарДУ" Про-лига янги мавсумига тайёргарликни Тошкентда давом эттиради  0 09:10Нима учун водий клубларида муаммолар бўлаверади? "Нефтчи"нинг трансфер тақиқи ва бошқа мавзулар — Камолиддин Мурзоев билан интервью  1 08:4538 ёшли Рамос янги жамоасида қайси рақамда ўйнайди?  2 08:15Расман: "Бунёдкор" хорватиялик ярим ҳимоячи билан шартнома имзолади  1 07:31Дилшод Жўраев: "Хоразм"нинг Суперлигада ўйнашига охиригача ишонгандик"  2 03:20Испания Кубоги. "Барселона" чорак финалда қийинчилик кўрмади, Торрес собиқ жамоасини аямади  65 02:57"Ливерпуль" катта қийинчиликсиз Англия Лига Кубоги финалига йўл олди  6 02:32А Серия. "Интер" қолдирилган ўйинда йирик ҳисобда ютқазди  3 00:56Моуринью футбол тарихидаги энг зўр уч футболчи номини айтди  38 00:21Саудия Арабистони. "Ал Иттиҳод" Карим Бенземанинг 90+6-дақиқадаги голи эвазига ғалабага эришди  1

"Xo'jand" bosh murabbiyi Rustam Xodjaev: "G'alaba qozona olmadik. Demak bu bizning aybimiz" Yangiliklar

"Xo'jand" bosh murabbiyi Rustam Xodjaev: "G'alaba qozona olmadik. Demak bu bizning aybimiz"

OFK kubogi guruh bosqichi 1-turidan o'rin olgan "Xo'jand" - "Oltin Asr" (2:2) uchrashuvidan keyin Tojikiston klubi bosh murabbiyi Rustam Xodjaev o'z fikrlarini bildirdi.

"Biz o'yinni yaxshi boshladik. O'z darvozamiz oldida ko'p xatoga yo'l qo'ydik. Bu esa ikkita gol o'tkazib yuborishimizga olib keldi. Yigitlar yaxshi harakat qilishdi. Men o'yindan oldingi matbuot anjumunida ham aytib o'tgan edim. Bizda bunday katta uchrashuvlarda ishtirok etish tajribasi etarli emas. CHempionat o'yinlarida bunday shiddat yo'q. Mazkur holat xalqaro maydonda to'p tepadigan klublarimizga tasir qilmoqda. "Oltin asr" bilan bahsda qaerdadir tajriba, qaerdadir diqqatni jamlash etishmadi",- dedi Rustam Xodjaev.

- Jamoangiz bir kishi ko'p bo'lib harakat qildi. Lekin ikkinchi bo'limda vaziyatlarni gol bilan yakunlashda muammolar ko'zga tashlanib qoldi...

- Himoyada yanada ishonchliroq o'ynaganimizda bitta gol bilan ham g'alaba qozonishimiz mumkin edi. O'yinda ikkita gol urdik. Ammo mudofaa chizig'idagi etiborsizlik va diqqatni yo'qotish hisobiga yakuniy natija shunday bo'ldi. 

- "Oltin asr"ning kuchli tomonlari bor edi. Ular qanday qilib "Xo'jand"dan ustun kela olishdi?

- Principial jihatdan ular bizdan qaysidir jihatdan yaxshiroq edi, deb ayta olmayman. Raqib qanotlardan qanotlarga tezda o'tdi. Standart vaziyatlarda xavfli vaziyatlar yaratishdi. Bu esa himoyamizdagi palapartishlikka olib keldi. SHu tufayli darvozamizga ikkita gol urishdi. Aks holda o'zimizni ulardan kuchsiz deb hisoblamayman. Ikkinchi bo'limda "Oltin asr" zich himoyalandi. Ushbu uchrashuvda g'alaba qozona olmaganimiz bizning aybimiz.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика