Xoddl “Tottenxem”ga qaytmoqchi
17 dek 2013 11:41
Yangiliklar


Xoddl “Tottenxem”ga qaytmoqchi
Mashhur angliyalik mutaxassis Glenn Xoddl, “Tottenxem”ga qaytish istagini bildirmoqda.
Eslatib o'tamiz, 56 yoshli Xoddl londonliklar klubida 2001 yildan 2003 yilgacha bosh murabbiylik qilgan.
Xoddl “Tottenxem”ga qaytishga qarshi emas, chunki u klubning prezidenti Deniel Levi bilan juda yaxshi munosabatda, deb xabar beradi VVS.
Xoddlning so'nggi ish joyi “Xall” klubi bo'lgan va u klubni 2006 yilda tark etgan edi.
Eslatib o'tamiz, yaqinda “Totenxem” bosh murabbiyi Andre Villash-Boash o'z vazifasidan ozod etilgan edi.

Fikrlar