Xitoylik "Serxio Ramos" La Ligaga o'tadi

Aslanov Jasurbek
12 may 2016, 15:18
"Guanchjou Evergrand" himoyachisi, xitoylik "Serxio Ramos" nomi bilan mashhur bo'lgan Chjan Linpen tez orada La Liga klubiga o'tadi.

Linpen faoliyati davomida 5 marotaba Xitoy Super ligasida, 2 marotaba OCHLda Chempion bo'lgan.

O'tgan yilning avgust oyida APL klubi "Chelsi" uni xarid qilmoqchi edi, ammo bazi sabablarga ko'ra transfer amalga oshmadi. Endi futbolchi La Ligaga o'tishi mumkinligi e'lon qilindi. Hozircha uni 15 mln. evroga sotib olishga urinayotgan klub nomi oshkor etilmayapti.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: footballchannel.asia