So’nggi yangiliklar

01:39Расман: Ўткир Юсупов — "Фулад" футболчиси!  2 01:32"Арсенал" Рафиньянинг трансфери бўйича "Барселона"га кўп миллионлик таклиф тайёрлайди  0 01:05Париж-2024. Ўзбекистон - Миср 0:1, Ҳимоядаги хато қимматга тушди  5 00:53"Атлетико" ва Испания терма жамоаси собиқ футболчиси фаолиятини якунлади  0 00:15РПЛ. Эсанов ҳаракат қилаётган "Акрон" меҳмонда "Факел"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди  14 23:35Тимур Кападзе: "Иккала ўйинда ҳам ютишимиз мумкин эди"  95 23:01Расман: "Атлетико" Испания терма жамоаси футболчиси билан шартнома имзолади  1 22:29"Навбаҳор" назорат учрашувида йирик ҳисобда ғалаба қозонди. Қувватовдан норасмий дебют, Никабадзедан хет-трик  9 21:31"Манчестер Юнайтед" форварди ПСЖга ўтиши мумкин  4 21:05Париж-2024. Ўзбекистон иккинчи турда Мисрга ютқазди ва гуруҳдан чиқиш имкониятини йўқотди  847 20:53Париж-2024. Испания терма жамоаси биринчи бўлиб плей-оффга чиқди  7 20:22"Манчестер Юнайтед" испаниялик футболчига қизиқмоқда  1 19:56"Барселона" Уильямс учун кутилганидан 4 млн. евро кўп пул тўлаши керак  2 19:22ФИФА Аргентинанинг эътирозига жавоб берди  5 18:52Ҳусниддин Ғофуров - "Қўқон-1912" футболчиси  3

Xitoyga qarshi 12-o'yin arafasida Yangiliklar

Xitoyga qarshi 12-o'yin arafasida

Bugun, 31 avgust kuni O'zbekiston terma jamoasi JCH-2018 saralashi doirasida Xitoy bilan juda muhim o'yinda maydonga tushadi.

Uchrashuv Uxan shahridagi "Wuhan Sports Center Stadium" stadionida bo'lib o'tadi. Biz ikkala jamoa o'rtasidagi oldingi o'yinlarni yodga olamiz.

Ushbu jamoalar shu kunga qadar jami 11 marta to'qnash kelishgan. Bu o'yinlarning oltitasida O'zbekiston g'alabaga erishgan. To'rt uchrashuvda chin yurti vakillari zafar quchishgan. Faqat bir bor tomonlar "murosa ko'chasini" tanlashga majbur bo'lishgan.

Xitoy va O'zbekiston o'rtasidagi dastlabki bahs 1994 yilga borib taqaladi. Yaponiyaning Xirosima shahrida o'tkazilgan Osiyo o'yinlari yurtimiz futbol ishqibozlarining yodidan hech qachon chiqmasligi aniq. O'sha musobaqaning finalida Rustam Akramov boshchiligidagi jamoamizga Xitoy terma jamoasi raqiblik qilgandi. Gollarga boy o'tgan o'yinda vakillarimiz 4:2 hisobida g'alaba qozonishgan. Bizdan gollarga Igor SHkvirin, Sergey Lebedev, Azamat Abduraimov hamda SHuhrat Maqsudov mualliflik qilgandi.



Bu jamoa bilan navbatdagi to'qnashuv 2 yildan so'ng Birlashgan Arab Amirliklarida sodir bo'lgandi. 1996 yilgi Osiyo Kubogi guruh bosqichi doirasida o'tgan mazkur o'yinda O'zbekiston Xitoyni 2:0 hisobida taslim qilishga muvaffaq bo'lgandi. Al Ayn shahridagi stadionda o'tgan uchrashuvda Igor SHkvirin va Oleg SHackix o'z hisoblariga gol yozib qo'yishga erishishgandi.

JCH-2002 saralashida Xitoy va O'zbekiston ikki bor guruh bosiqichida o'yin o'tkazishgan. 2001 yilning sentyabr oyida Bora Milutinovich boshchiligidagi Xitoy o'z maydonida Vladimir Salkov boshchiligidagi O'zbekistonni qabul qilgan. Mezbonlar Li Veyfeng va Fan Jiyi tomonidan ikkinchi bo'limda urilgan gollar evaziga o'z tarixida ilk bor O'zbekistonni mag'lub etishgandi - 2:0.

Toshkentda o'tgan uchrashuvdan oldin Xitoy allaqachon Yaponiya va Janubiy Koreyadagi mundialga yo'llanma olib bo'lgandi. SHu bois Milutinovich yurtimizga ikkinchi tarkibni olib kelgandi. O'zbekistonning taqdiri esa parallel o'yinga bog'liq edi. Nikolay SHirshovning so'nggi daqiqada uzoq masofadan urgan goli "Paxtakor"ni larzaga keltirgandi. Biroq bu g'alaba amalda biz uchun hech qanday ahamiyat kasb etmagandi o'shanda.

SHundan keyin olti yil davomida bu jamoalar o'zaro umuman o'yin o'tkazishmadi. 2007 yil mart oyida Makaoda o'rtoqlik uchrashuvi tashkil etildi. Rauf Inileev boshchiligidagi jamoamiz o'shanda Osiyo Kubogi musobaqasida tayyorgarlik ko'rayotgandi. Bu bahsda xitoyliklar 3:1 hisobida zafar quchishgandi. O'zbekiston safida Vladimir SHishelov o'zini ko'rsatgandi. Himoyachimiz Botir Qoraev esa avtogol sohibi bo'lgandi.



O'sha yil yil ushbu jamoalar Osiyo Kubogi final bosqichida to'qnash kelgandi. Guruhning so'nggi turida vakillarimiz raqib darvozasiga javobsiz uchta to'p kiritishga muvaffaq bo'lgandi. Maksim SHackix, Timur Kapadze hamda Aleksandr Geynrix raqib darvozasini ishg'ol qilishgandi - 3:0. Hozirga qadar ushbu g'alaba o'zaro uchrashuvlardagi O'zbekistonning eng yirik g'alabasi bo'lib turibdi.

Oradan to'rt yil o'tib Qatarda o'tgan Osiyo Kubogi guruh bosqichida ham bu ikki jamoaning yo'llari kesishgandi. Vadim Abramov boshchiligidagi jamoamiz o'shanda 2:2 hisobida durang qayd etgandi. Bizdan Odil Ahmedov hamda Aleksandr Geynrix o'z nomlarini tabloga yozdirib qo'yishgandi.

So'ngra bu jamoalar ketma-ket ikki marta o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazishdi. 2011 yil Xitoyning Kunming shahrida tashkil etilgan bahsda mezbonlar 1:0 hisobida g'alabaga erishishgandi.

Ikki yildan keyin Xitoyning Xuxxot shahrida o'tkazilgan bahsda vakillarimiz ilk bor bu raqibni uning maydonida mag'lub etishga muvaffaq bo'lishgandi. Ulug'bek Baqoev hamda Server Jeparovning goliga mezbonlar bir marta javob berishgandi - 2:1. Bu o'yindan ko'ra uning atrofidagi voqealar ko'pchilikning yodida bo'lsa kerak. Janubiy Koreya bilan muhim bahsdan oldin o'tgan uchrashuvdan qaytishda O'zbekiston terma jamoasi ob-havo tufayli anchagina qiynalib Seulga etib borgandi va yakunda Janubiy Koreyadan mag'lub bo'lib qaytgandi.



2015 yilgi Osiyo Kubogi guruh bosqichida ham jamoalar o'zaro o'yin o'tkazishgandi. Avstraliyaning Brisben shahrida o'tgan uchrashuvda chin yurti vakillari 2:1 hisobida irodali g'alabani tantana qilishgandi. Aslida o'yinda Odil Ahmedov hisobni ochgandi, biroq ikkinchi taymda raqiblar ikkita gol urib 3 ochkoni ilib ketishgandi.

Xitoy va O'zbekiston o'rtasidagi eng so'nggi o'yin 2016 yil 11 oktyabr sanasida Toshkentda bo'lib o'tgan. "Bunyodkor"da o'tgan bahsda Marat Bikmaev va Otabek SHukurov tomonidan urilgan gollar O'zbekistonga g'alaba keltirgandi - 2:0.

Narzulla Saydullaev


Reyting: +31   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика