So’nggi yangiliklar

09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  2 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  2 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  7 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  9 07:45Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  34 02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  3 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  2 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  5 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  3 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  13 22:12"Барселона" Канселу бўйича "Ал Ҳилол"га таклиф юборди  0 22:01МЮ Аморимга истеъфо учун 10,05 млн фунт тўлаб бериши керак  4 21:18РАСМАН: Беҳруз Асқаров — ОКМК футболчиси!  2

Xitoyda transfer oynasi yopildi. Xitoyliklar yozda qancha sarflashdi? Yangiliklar

Xitoyda transfer oynasi yopildi. Xitoyliklar yozda qancha sarflashdi?

Bir necha kun oldin Xitoy Superligasi klublari uchun yozgi transfer bozori o'z yakuniga etdi.

Butun dunyo yulduzlarini o'z safiga qo'shib olishga uringan Xitoy chempionati "ajdarlari" so'nggi transfer oynasida juda kam "olov" sarfladi. Yozgi transfer mavsumida xitoyliklar bor-yo'g'i 28 mln. evro sarflashdi.

Xitoy Superligasi rahbariyatining legionerlar sonini 4 tadan 3 taga kamaytirish va xarid qilingan har bir futbolchi uchun sarflangan pul miqdorida 100% lik soliq to'lash kerakligi haqida qarorlardan so'ng, xorijlik futbolchilar importi sezilarli darajada kamaydi.

Xitoy chempionati O'zbekiston oliy ligasi kabi mart oyida boshlanib, noyabr oyida yakunlanadi. SHu sababli, fevral oyida Xitoy klublari transferlar uchun 403 mln. evro sarflashdi.

Biroq o'sha yirik xarajatlar o'z yakuniga etgan ko'rinadi. So'nggi marotaba bunday kam sarflar 2014 yilning yozida qayd etilgan. O'shanda xitoyliklar 27,5 mln. evro sarflashgan.


2017 yilning yozida 28 mln. evroning katta miqdori Adrian Ramos (12 mln. evro), Antoni Modest (5,7 mln. evro), Benjamin Mukanjolarga (5,5 mln. evro) sarflandi.

Xitoy klublari xarid qilgan futbolchilarning faqat bir necha nafari o'z puliga yarasha o'yin ko'rsatmoqda. Ulardan biri Xalk (15 ta gol) bo'lsa, ikkinchisi Eran Zaxavi (14 ta gol).

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика