Xitoy terma jamoasi yordamchi murabbiyi: “Bu bosqichda kuchsiz jamoaning o'zi yo'q”
22 apr 2016 17:18
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/205755_original.jpg)
![](/upload/storage/205755_220.jpg)
Xitoy terma jamoasi yordamchi murabbiyi: “Bu bosqichda kuchsiz jamoaning o'zi yo'q”
“Saralashning ushbu bosqichida kuchsiz raqibning o'zi bo'lmaydi. SHuning uchun ham bizga qaysi guruhga tushishimiz va kimlarga qarshi o'ynashimiz juda muhim emasdi. Eng asosiysi - Xitoy terma jamoasi har bir o'yinda o'zining eng kuchli sifatlarini namoyish qila olishi kerak. Biz shunchaki har bir o'yinga alohida shaylanishimiz va o'zimizning eng yaxshi futbolimizni o'ynashimiz kerak, xolos”.
Guruhimizda yo'llanmani qo'lga kiritish uchun hammada imkoniyat bor. Favoritlar ro'yxatida esa Xitoy so'nggi o'rinda tilga olinsa kerak. SHuning uchun biz hozir har bir raqibni juda yaxshi o'rganib chiqishimiz va ushbu raund uchun strategiyamizni ishlab chiqishimiz kerak.
Eron terma jamoasi so'nggi besh yilda xalqaro miqyosdagi musobqalarda barqaror ishtirok etib kelyapti. Biror sovrin, masalan Osiyo Kubogini yutish uchun ularga qaerdadir, nimadir etishmayapti. Ayni vaqtda ularda yaxshi jamoa shakllangan va ularning bosh murabbiyi ham jamoa bilan anchadan beri ish olib boryapti. Bu esa juda muhim”, - deydi terma jamoasi yordamchi murabbiyi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar