So’nggi yangiliklar

22:06Вадим Абрамов: "Гол ўтказилганида хато бутун жамоаники бўлади"  0 22:00РПЛ. ЦСКА "Краснодар" меҳмони бўлмоқда (онлайн ҳисоб)  6 21:59Суперлига. "Насаф" марказий ўйинда пенальтидан урилган гол эвазига "Пахтакор"ни мағлуб этди  66 21:40Суперлига. "Нефтчи" - "Динамо" 3:2  0 21:37РПЛ. "Оренбург" ва "Акрон" жанговар дуранг қайд этди, Эсанов эса...  1 21:08"Тоттенхэм" 55+10 млн фунтлик трансферни амалга оширди  0 21:00Суперлига. Фарғонада 5 та гол урилган оқшомда "Нефтчи" "Динамо"дан устун келди  33 20:18Алексис Санчес собиқ клубига қайтди  0 19:21"Насаф" - "Пахтакор". Асосий таркиблар билан танишинг  7 19:00Англия Суперкубоги. "Манчестер Сити" - "Манчестер Юнайтед"  4 18:28МЮ "Бавария"нинг икки футболчисини сотиб оляпти  6 17:31"Барселона" Олимпиаданинг энг яхши футболчиси нархини 1 млрд. еврога ошириб қўймоқчи  5 16:30Гвардиол Манчестер об-ҳавоси ва "Сити"да унга отасидек бўлиб қолган инсон ҳақида гапирди  1 16:25"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз - 10 ёшли Сайдуллаев Лазизбек  0 16:20Максим Шацких ва ниҳоят "Насаф"ни мағлуб эта оладими? "Насаф" - "Пахтакор" тўқнашувига превью  13

Xitoy Superligasini kuzatib borish uchun 11 sabab Yangiliklar

Xitoy Superligasini kuzatib borish uchun 11 sabab

Yanvar oyidagi transfer bozori vaqtida Xitoy Superligasi klublari butun dunyoni o'ziga qarata olishgani bor gap.

Tim Keyxill "SHanxay SHenxua" hujumchisi
Avstraliyalik tajribali hujumchi o'tgan yil Avstraliyada o'tgan Osiyo kubogidan so'ng Xitoy Superligasiga ko'chib o'tgandi. 2015 yilgi mavsumda u klub safida 28ta o'yinda maydonga tushib 11ta gol urdi.



Demba Ba "SHanxay SHenxua" hujumchisi
Dastlab "Xoffenxaym" keyinroq Angliyaning "Vest Xem", "Nyukasl" va "CHelsi" klublarida o'ynab tanilgan senegallik hujumchi Xitoyga kelishdan oldin bir yil "Beshiktosh"da to'p tepdi. Ba 2015 yil yozida "SHanxay SHenxua" klubiga ko'chib o'tgan.



Sven Goran Eriksson "SHanxay SIPG" bosh murabbiyi
Angliya terma jamoasidagi faoliyati orqali muxlislarga tanilgan murabbiy 2013 yildan buyon Xitoyda ishlab kelmoqda. Dastlab "Guanchjou RF" klubida bir mavsum ishlagan Eriksson 2014 yil noyabr oyidan buyon "SHanxay SIPG" bosh murabbiyi bo'lib faoliyat olib bormoqda.  



Asamoa Gyan "SHanxay SIPG" hujumchisi
Gana terma jamoasi hujumchisi Asamoa Gyan 2011 yildan buyon osiyo qitasida to'p tepib kelmoqda. Dastlab BAAning "Al Ayn" klubida o'ynagan Gyan 2015 yil iyul oyida Xitoyga ko'chib o'tgan va "SHanxay SIPG" bilan shartnoma tuzgandi. Hozircha ushbu jamoa safida 10ta o'yinda maydonga tushib 4ta gol urdi.



Paulino "Guanchjou Evergrand" yarim himoyachisi
Braziliyalik yarim himoyachi muxlislarga "Tottenxem"dagi faoliyati orqali yaxshi tanish. 2013 yil London klubida o'ynagan futbolchi 2015 yil yozida "Guanchjou Evergrand"ga ko'chib o'tdi. Yarim yil ichida bu klub safida Xitoy chempioni va OCHL g'olibiga aylandi.



Alberto Zakkeroni "Beyjing Goan" bosh murabbiyi
Italiyalik tajribali murabbiy 1983 yildan buyon turli jamoalarda ishlab kelmoqda. "Milan" bilan birga Italiya chempioni, Yaponiya bilan 2011 yil Osiyo chempioni bo'lgan Zakkeroni 2016 yilning 19 yanvar sanasida "Beyjing Goan" klubiga bosh murabbiy etib tayinlandi.



Luiz Felipe Skolari "Guanchjou Evergrand" bosh murabbiyi
"Bunyodkor"ning sobiq ustozi dunyoning eng mashhur murabbiylaridan biri hisoblanadi. "Katta Fil" 2002 yil Braziliya terma jamoasi bilan birga Jahon chempioni bo'lganini, 2009 yil "Bunyodkor" bilan O'zbekiston chempioni bo'lganini ko'pchilik unutmagan bo'lsa kerak. 2014 yil o'z mamlakatida bo'lib o'tgan Jahon chempionati Germaniyadan uchralgan yirik hisobdagi mag'lubiyatdan so'ng terma jamoani tark etishi aniq edi. O'sha mundialdan so'ng bir yil davomida "Gremio"da ishlagan Skolari 2015 yil iyun oyida Xitoyning "Guanchjou Evergrand" klubi bosh murabbiyi etib tayinlandi. Murabbiy bu klub bilan birga Xitoyda va Osiyoda chempion bo'ldi.  



Freddi Guarin "SHanxay SHenxua" yarim himoyachisi
Futbol muxlislariga "Portu" klubidagi faoliyati orqali tanish bo'lgan Freddi Guarin yaqindagina Xitoyga ko'chib o'tdi. "Portu" bilan Portugaliyadagi barcha sovrinlarni va 2011 yil Evropa ligasini yutgan kolumbiyalik futbolchi 4 yil davomida Italiyaning "Inter" klubi safida o'ynadi. Bundan bir necha kun oldin "SHanxay SHenxua" Guarinni 11 million evro evaziga sotib olishga qaror qildi.



Jervino "Xebei CHayna Fortuna" hujumchisi
Kot DIvuar terma jamoasi hujumchisi barchaga "Arsenal"dagi o'yinlaridan keyin tanilgan. Antiqa soch turmagiga ega bo'lgan Jervino oxirgi uch yilni Rimning "Roma" klubida o'tkazdi. "Xebei CHayna Fortuna" klubi afrikalik futbolchi uchun Italiya klubiga 18 million evro to'lab qo'ydi.



Ramires "Jiangsu Suning" yarim himoyachisi
Portugaliyaning "Benfika" klubida Evropadagi faoliyatini boshlagan Ramires 6 yil davomida Londonning "CHelsi" klubida o'ynadi. "Aristokratlar" safida Angliya chempioni, Angliya kubogi, Angliya liga kubogi, UEFA CHempionlar ligasi va UEFA Evropa ligasida zafar quchgan yarim himoyachi faoliyatini Xitoy Superligasida davom ettirishga qaror qildi. Braziliya terma jamoasi azosi "Jiangsu Suning" klubiga 25 million funt sterling evaziga ko'chib o'tdi.


 
Bonus:  
Egor Krimec va Anzur Ismoilov.
2016 yilda o'zbekistonlik ikki nafar futbolchi Xitoy Superligasida o'ynaydi. Ismoilov 5 yildan buyon "CHanchun Yatai" klubi sharafini himoya qilib kelmoqda. Krimec esa yaqinda ikkinchi bor "Beyjing Goan" klubiga ijaraga berildi. 




Demak 2016 yilgi Xitoy Superligasiga bo'lgan etibor yanada yuqori bo'lishi tabiiy. Saytimiz orqali ushbu chempionat o'yinlarini kuzatib boring.


Narzulla Saydullaev

Reyting: +23   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика