China Cup-2019. O'zbekiston musobaqada uchinchi o'rinni egalladi
25 mar 2019 14:23
Yangiliklar


China Cup-2019. O'zbekiston musobaqada uchinchi o'rinni egalladi
XITOY - O'ZBEKISTON 0:1
Gol: Eldor SHomurodov 34, - 0:1.
Xitoy: 12.Yan Junling, 5.Zang Lingpeng, 24.Fu Xuan, 3.Gao Zunyi (17.Vang Gang, 58), 26.Li Ang, 15.Vu SHi (30.Peng SHinli, 67), 21.Tan Long, 13.Xi CHao (11.Xao Junmin, 58), 14.Zang Xiuvey (27.Vang Yongpo, 86), 9.Dong Xuesheng, 7.Vei SHixao
Zaxira: 25.Lu Venjun, 19.SHie Pengfey, 6.Feng SHiaoting, 1.Zeng CHeng, 28.Liu Yang, 23.Vang Daley.
O'zbekiston: 12.Sanjar Quvvatov, 2.Akmal SHorahmedov, 5.Anzur Ismoilov, 20.Islom To'xtaxo'jaev, 13.Oleg Zoteev, 23.Odil Hamrobekov, 19.Otabek SHukurov, 10.Javohir Sidiqov (17.Doston Hamdamov, 70), 8.Ikrom Aliboev, 7.Jaloliddin Masharipov, 14.Eldor SHomurodov (11.Temurxo'ja Abduxoliqov, 72).
Zaxira: 1.Akbar To'raev, 16.Javohir Ilyosov, 3.Doston Tursunov, 9.Odil Ahmedov, 21.Marat Bikmaev, 6.Davron Hoshimov, 4.Farruh Sayfiev, 15.Egor Krimec, 18.Sardor Mirzaev.
Ogohlantirishlar: Anzur Ismoilov 31.
Ushbu sahifada o'yinning matnli translyaciyasini shu sahifada kuzatib borish mumkin bo'ldi.
MATNLI TRANSLYACIYA
China |
Friendlies . 1-tur 25/03/2019, 12:30 1
:
0
Tugadi
|
Uzbekistan Eldor Shomurodov - 34' |
Quyida o'yinning videotranslyaciyasini tomosha qilish mumkin.
90+2. O'YIN TUGADI. O'zbekiston terma jamoasi China Cup musobaqasida uchinchi o'rinni egalladi.
90. O'yinga 2 daqiqa qo'shildi
88. ZARBAAAAAAAAAAAA! Masharipovning uzatgan to'pini Odil Ahmedov boshi bilan darvozaga yo'lladi, posbon o'z o'rnida!
83. Vakillarimiz burchak to'pini amalga oshirishdi, to'pni darvozabon ushlab oldi va maydonga tushayotganda Islom To'xtaxo'jaevning oyog'ini bosib oldi
82. ZARBAAA! O'ng qanotdan SHorahmedov to'pni erlatib uzatdi, Ahmedov esa to'xtatmasdan zarba berdi, noaniq
79. Xitoyliklar burchak to'pini tepishdi, samara keltirmadi
72. O'zgarish. O'zbekiston. Eldor SHomurodov o'rniga Temurxo'ja Abduxoliqov tushdi
70. O'zgarish. O'zbekiston. Javohir Sidiqov o'rniga Doston Hamdamov tushdi
68. O'yindagi tashabbus to'lig'icha Ektor Kuper shogirdlari tomonida. Kannavaro boshchiligidagi Xitoy hech nima qila olmayapti!
67. ZARBAAAAAAAAAAA! SHomurodov yaqin masofadan kuchli zarba berdi, yana noaniq!
65. ZARBA! Oleg Zoteev chap qanotdan kuchli zarba berdi, bu safar ham noaniq
64. XAVFLI VAZIYAT! Sidiqov hozir jarima maydoni ichida birga bir vaziyatda darvozabonga zarba berdi!
63. ZARBAAAAAAAAAA! Odil Ahmedovning jarima maydoni tashqarisidan yo'llagan zarbasi noaniq ketdi
59. Xavfli vaziyat! Msharipov hozir jarima maydoni ichida yiqildi, hakam burchak to'pini ko'rsatdi
58. Xitoyliklar safida uch nafar futbolchi o'zgartirildi.
53. ZARBAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAA! Sidiqovning jarima maydoni tashqarisidan yo'llagan zarbasi xavfli chiqdi!
51. Ikkinchi taym boshida ham tashabbus O'zbekiston tomonida
46. Ikkinchi taym boshlandi
45+1. Birinchi taym tugadi. Hozircha O'zbekiston 1:0 hisobida oldinda
45. ZARBAAAAAAAAA! SHomurodov hozir dublga erishishi mumkin edi, darvozabon o'z o'rnida!
44. SHomurodovning uzatgan to'pini Sidiqov darvozaga yo'llay olmadi
42. Xavfli vaziyat! Tan Long xavfli vaziyatdan zarba bera olmadi!
41. O'zgarish. O'zbekiston. Otabek SHukurov o'rniga Odil Ahmedov maydonga tushdi
36. Uxxx! Hozir Vei SHixao Otabek SHukurovning ortidan zarba berdi. Unga shifokorlar yordam berishdi. Afsuski SHukurov maydonga qayta olmaydi. O'zgartirish amalga oshiriladi
34. "Rostov" hujumchisi raqib jarima maydoni ichiga kirib borib o'tkir burchakdan kuchli zarba bilan darvozani ishg'ol qildi - 0:1.
34. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! 0:1. ELDOR SHOMURODOV!
31. Ogohlantirish. O'zbekiston. Anzur Ismoilov
23. Yana bir jarima to'pi, bu safar xavfliroq nuqtadan. Ikrom Aliboevning jarima to'pidan yo'llagan zarbasi jonli devorga tegib qaytdi
21. Masharipov anchagina faol o'ynamoqda
21. ZARBAA! Masharipovning uzatgan to'pini darvozabon qiyinchilik bilan qaytardi
20. Masharipov chap qanotda raqib vakili tomonidan yiqitildi. Jarima to'pini Jaloliddinning o'zi amalga oshiradi
19. Hozircha vakillarimiz ikki marta zarba berishdi, Xitoy esa umuman zarba bergani yo'q
18. Xavfli vaziyat! CHap qanotdan hujum qildik, Masharipovning uzatgan to'pini SHomurodov boshi bilan darvozaga yo'lladi, to'p darvoza to'sini yuqorisidan o'tib ketdi.
10. Hozircha tashabbus O'zbekiston terma jamoasi tomonida.
4. ZARBAAAAAAAAAAAA! Burchak to'pidan keyin Ikrom Aliboev jarima maydoni tashqarisidan kuchli zarba berdi, noaniq!
2. XAVFLI VAZIYAT! Vakillarimiz ilk bor hujumga o'tishdi va SHorahmedovning uzatgan to'pi sal qolsa darvozaga kirib ketardi, biroz noaniq
1. O'YIN BOSHLANDI!
- Xitoy qizil, O'zbekiston oq rangli formada o'ynaydi
- Bugun jamoamizni Anzur Ismoilov sardor sifatida maydonga boshlab tushgan. Malumot uchun Ismoilov bugun terma jamoadagi o'zining 100-uchrashuvini o'tkazmoqda.
- Navbat Xitoy davlat madhiyasiga
- O'zbekiston davlat madhiyasi yangramoqda!
- Ikki jamoa azolari maydonga tushib kelishdi.
- O'yin Toshkent vaqti bilan soat 12:30da boshlanadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar