Xitoy FF Xiddink oldiga jiddiy vazifa qo'yilganini malum qildi
10 sen 2018 12:43
Yangiliklar
Xitoy FF Xiddink oldiga jiddiy vazifa qo'yilganini malum qildi
Gollandiyalik murabbiy Gus Xiddink Xitoy U-21 terma jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlandi.
SHunday qilib Xitoy terma jamoalarida ikki nafar mashhur murabbiy ishlaydigan bo'ldi. Xabaringiz bor, milliy terma jamoani bugungi kunda jahon chempioni Marchello Lippi boshqarmoqda. Olimpiya termasi esa 71 yoshli Xiddinkka topshirildi.
Xitoy futbol federaciyasi murabbiy oldiga jiddiy vazifa qo'yilganini bildirdi. "Eng asosiy maqsad Xitoy olimpiya terma jamoasining Tokioda bo'lib o'tadigan 2020 yilgi Olimpiada o'yinlariga yo'llanma olish. O'ylaymizki, Xiddink boshchiligida bu vazifa bajariladi", deyilgan federaciyaning rasmiy bayonotida.
O’xshash yangiliklar
20:41
Gus Xiddink: "Rus klublari evrokuboklarga yaqin besh yilda qaytmasa kerak. Sababini hamma biladi" 4
Fikrlar