So’nggi yangiliklar

09:25Sofascore. Ҳожимат Эркинов ва унинг шериклари «Ал Айн»га қарши учрашувда қандай баҳо олишди?  0 08:47Салоҳ Италия клуби билан музокара олиб бормоқда  4 08:10Жаҳоннинг энг яхши марказий ярим ҳимоячилари рейтинги тузилди (топ-10)  2 07:35«Милан» ҳимоячиси ёзда «Манчестер Сити»га ўтиши мумкин  0 02:50АПЛ. "Лестер" сўнгги 12 ўйиндаги 11-мағлубиятини қайд этди  2 02:40А Серия. "Милан" ғалабани мағлубиятга айлантирди  3 00:59БАА. "Ал Ваҳда" 6 очколик ўйинда ғалабага эришди, Эркинов асосий таркибда майдонга тушди  0 00:36Моуринью дисквалификация қилинди  4 23:40Тарихга назар. Ўзбекистон терма жамоаси мағлуб бўлган пенальтилар сериясини ёдга оламиз  11 23:13Саудия Арабистони ЖЧда ярим финални мақсад қилади  6 22:51Озарбайжон. Ўзбек футболчилари дербисида Раҳмоналиев жамоаси йирик ғалаба қайд этди  3 22:16Гюлер "Реал"дан кетмоқчи эмас  13 21:51Қозоғистон клуби ўзбекистонлик футболчилар трансферини эълон қилди  2 21:14Куртуа термага қайтмоқда!  0 20:49Эрон чемпионати. "Истиқлол" мағлуб бўлди, Машарипов ва Кожо захирадан майдонга тушди  8

Xitoy endi futbolda hukmronlik qilmoqchi! Yangiliklar

Xitoy endi futbolda hukmronlik qilmoqchi!

Xitoy hozirgi transfer oynasida eng ko'p mablag' ishlatgan mamlakat hisoblanadi.

Xitoy qishki transfer oynasida 203 mln. evro sarfladi, shunisi qiziqki, ushbu mamlakatning ikkinchi darajali chempionati ham Bundesliga, Primerodan ko'p mablag' sarflagan. Ayni damda Xitoy Superligasi yangi futbolchilarga pul sarflash bo'yicha jahonda birinchi o'rinda, xitoyliklar birinchi ligasi esa - to'rtinchi o'rinda.


Yozda Xitoy transfer bozorida 9 o'rinda edi. Bu mamlakatning cho'qqiga chiqib olishi ikki millarder tufayli emas, ushbu mamlakatda etakchilar, o'rtamiyona va yangi jamoalar ham cho'ntak kovlay oladi.


Ular pulni qaerdan olishyapti?

Xitoy klublari asosan yirik xususiy korxonalarga tegishli (qurilish kompaniyalari va do'konlar tarmog'i). U erda kambag'al jamoaning o'zi yo'q.

1. Tyanczin Sunczyanni sog'liqni asrash va kosmetika bo'yicha tadqiqot instituti, onkologik klinika, dori ishlab chiqarish sohalarida ishlaydigan Quanjian Natural Medicine tibbiy korporaciyasi boshqaradi. 2015 yilda kompaniya 10 mlrd. yuan (1,5 mlrd. dollar) daromad topdi.

Rahbarlarning rejasi - bir yildan so'ng oliy ligaga chiqish, buning uchun transfer narxi qimmat bo'lgan darvozabon Lyu CHjang va yarim himoyachi Ke Sun xarid qilindi. Bu futbolchilarning har biri 9 mln. evrodan ko'proqqa tushdi, va bu Xitoy futboli tarixidagi ikkinchi va uchinchi natija hisoblanadi. CHet elliklar orasida "Santos" pleymeykeri 11 mln. evroga, Jadson 5 mln. va Luis Fabiano tekinga olindi. Jamoaga ushbu xaridlar etarlidek edi, ammo Tyanczin Sunczyandek kamtarin klubga "Real"da ishlagan Vanderley Lushemburgoni murabbiy etib tayinladi.

2. SHanxay SHenxua (Guarin o'tgan klub) uzoq yillardan beri nafaqat Xitoyda, balki London, Los-Anjeles va Nyu-Yorkda ishlayotgan Greenland Group qurilish kompaniyasiga tegishli. Greenland Group savdo bo'yicha eng yirik kompaniyalar reytingiga kiradi, so'nggi marotaba ular 258 o'rinda qayd etilishgan. SHanxay SHenxua yillik aylanma savdosi 42,5 mlrd. evroni tashkil etdi.

3. Czyansu Sayntini (Ramires va murabbiy Dan Petreskuning yangi klubi) 2015 yilning dekabr oyida elektronika sohasidagi yirik riteyler Suning Commerce sotib oldi. Kelishuv 523 mln. yuanga (80 mln. dollar) amalga oshdi. Kompaniya shunchalik jiddiyki, yozda uning 20% akciyasini internet-gigant Alibaba 4,5 mlrd dollarga sotib oldi. Xitoy bo'ylab Suning Commerce kompaniyasining 1600dan ortiq do'koni bor.


4. Xitoyning eng kuchli klubi, Osiyo CHempionlar ligasining so'nggi g'olibi hisoblangan Guanchjou Evergrandning ikki "baquvvat" egasi bor. Bu "Evergrande Real Estate" qurilish kompaniyasi (kompaniya prezidentining boyligi - 6 mlrd. dollar) va Alibaba (asoschi Jek Maning boyligi - 22 mlrd dollardan ortiqroq).

5. Xebey CHayna Forchun (Jervino o'ynaydigan jamoa) - klubi yirik developer "China Fortune Land Development"ning qo'lida. Ushbu kompaniya egasining boyligi 3 mlrd. dollarni tashkil etadi.



Bu millarderlarga kerakmi?

Birinchidan, futbol Xitoy Xalq Respublikasining raisi Si Czinpinning sevimli sport turi. Aynan uning tashabbusi bilan katta islohot o'tkazildi - maktab hududlarida maydon qurish buyurildi va turli yoshdagi bolalar uchun futbol kitoblari yaratildi.

Ikkinchidan, 2014 yilning 2 oktyabrida o'tkazilgan Xitoy davlat kengashi yig'ilishi ko'p narsani o'zgartirdi - o'shanda mamlakatda sport rivojini tezlashtirish rejasi qabul qilindi. Davlatning barcha federaciyalarda bo'lgan rolini kamaytirish va xususiy sarmoyalarni jalb qilishdan tashqari hujjatga yana bir narsa qo'shildi. Sport va madaniyat rivoji bilan faol shug'ullanayotgan kompaniyalarning daromad solig'i sakkiz marotaba kamaytirildi - endi ular 25% emas foydaning 3%ni davlat hisobiga o'tkazadi.

Biznesmenlar buni tezda tushunib, 2015 yilda birdaniga ko'plab klublarni sotib oldi. Masalan, Alibaba "Guanchjou Evergrand"ning yarim huquqini sotib olish uchun 192 mln. dollar sarfladi.


Xitoy futboli - biznesmi? U erda moliyaviy feyr-pley bormi?


Yo'q. Hozircha Xitoy chempionati yaqin sharq ligalariga yoki inqirozdan oldingi Rossiyaga o'xshaydi: Rahbarlarning puli ko'p, maoshlar katta, "yog'li" kelishuvlar etarlicha. Sarflarni hech kim cheklamaydi, Osiyo futbol konfederaciyasi hozircha feyr-pley haqida o'ylagani ham yo'q.

Xitoyning eng muvaffaqiyatli klubi ham hozir zararga ishlayapti. "Guanchjou Evergrand" 2013 yilning boshidan 2015 yilning iyunigacha 215 mln. dollar miqdorida zarar keltirdi.

Balki vaziyat yangi teleshartnomadan so'ng o'zgarishi mumkindir: Xitoy Superligasining 5 yillik mediahuquqlari 1,26 mlrd dollarga sotildi. Bizning PFL bu haqda orzu qilmasa ham bo'ladi.


Xitoy hamma narsani sotib olaveradimi? Bu qachongacha davom etadi?

Xitoyda legionerlarga limit bor: Har bir jamoa bir mavsumda 5 nafar chet ellikni ro'yxatdan o'tkazishi mumkin. Sxema esa "4+1", yani 4 futbolchi har qanday mamlakatdan, qo'shimcha kvota esa osiyolik futbolchi uchun.

Reyting: +33   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика