Xitoylik darvozabon suv ichayotgan payti gol o'tkazib yubordi (video)
26 may 2015 18:46
Yangiliklar


Xitoylik darvozabon suv ichayotgan payti gol o'tkazib yubordi (video)
"Lyaonin" va "CHuncin Linfan" o'rtasidagi Xitoy super ligasi uchrashuvida juda ajobtovur voqea yuz berdi.
O'yin yakunlanishiga bir necha daqiqa qolganda mehmonlar o'z jarima maydonchasi yaqinida qoida buzishdi va mezbonlar jarima zarbasiga ega bo'ldi. Darvozabon o'yin to'xtaganidan faoydalanib suv ichish uchun darvoza ortidagi idishni qo'liga oladi. Bu paytda mehmonlar vaziyatdan foydalanib jarima to'pini o'yinga kiritdi va bo'sh darvozani nishonga oldi. O'yin esa 1:1 hisobida yakunlandi.
"CHuncin Lifan" klubi darvozabon 50 ming yuan (7,4 ming $) jarima soldi.
"Men katta xatoga yo'l qo'ydim va biz uch ochkosiz qoldik. Bunday xatoni boshqa qaytarmayman" - deydi posbon.

Fikrlar