Xitoyda mavsum tugadi. Egor Krimec bronza medal sohibi
04 noy 2013 12:32
Yangiliklar

Xitoyda mavsum tugadi. Egor Krimec bronza medal sohibi
Xitoy superligasida 2013 yilgi mavsum yakunlandi.
Hamyurtlarimiz ishtirokidagi o'yinlarga etibor qaratamiz.
"Jiangsu Seynti" o'z uyida "SHanxay Ist Eyshia"ni qabul qilib 0:0 hisobida durang o'ynadi. Hamyurtimiz Kamoliddin Tojiev uchrashuvda doimgidek to'liq o'ynadi. "Jiangsu" mavsumni 32 ochko bilan 13-o'rinda tugatdi.
"Jiangsu Seynti" - "SHanxay Ist Eyshia" 0:0
"CHanchun Yatai" o'z maydonida "Lyaoning Xongyun" bilan bellashdi va 1:0 hisobida zafar quchdi. Mezbonlar safida Anzur Ismoilov, mehmonlar tarkibida esa SHavkat Mullajonov maydonga tushishmadi. "CHanchun" mavsumni 14-o'rinda tugatdi. Klub 32 ochko jamg'ardi. 35 ochko to'plagan "Lyaoning" bu yilgi chempionatni 10-o'rinda tugatdi.
"CHanchun Yatai" - "Lyaoning Xongyun" 1:0
Gol: Liu Veydong 76
Egor Krimec faoliyat olib borayotgan "Beyjing Goan" mavsumni o'z maydonidagi g'alaba bilan tugatdi. Hamyurtimiz bu o'yinda zaxirada qoldi. "Beyjing" 51 ochko bilan mavsumni uchinchi o'rinni tugatdi. Egor Krimec Xitoy Superligasi bronza medallariga ega bo'ldi.
"Beyjing Goan" - "Cindao Jonun" 1:0
Gol: Gerron 78.

Fikrlar