Xitoy klubi Papis Sissega yiliga 10 mln evro to'lashga tayyor
24 jan 2015 14:34
Yangiliklar


Xitoy klubi Papis Sissega yiliga 10 mln evro to'lashga tayyor
"Nyukasl" hujumchisi Papis Demba Sisse dunyodagi eng ko'p maosh oluvchi futbolchilar sirasiga kirishi mumkin.
Xabarlarga ko'ra, Xitoyning "SHanxay Ist Eysha" klubi 29 yoshli senegallik futbolchiga yiliga 10 mln evro to'lashga tayyor. Xitoyliklar futbolchi bilan 3 yilga shartnoma imzolamoqchi.
"SHanxay Ist Eysha"ning bosh murabbiyi Sven-Yoran Eriksson. Sisse Premer-ligada 13ta uchrashuvda maydonga tushib, 9ta gol urgan.

Fikrlar