So’nggi yangiliklar

20:04Ўзбекистон кубоги. "Қизилқум" – "Андижон" (онлайн ҳисоб)  1 20:01Ибрагимович "Милан"даги вазифаси ҳақида маълумот берди  1 19:50Ўзбекистон Кубоги. "Сўғдиёна" – "Навбаҳор" (матнли трансляция)  16 19:39Фонсека "Милан"нинг кейинги мавсумдаги мақсадини айтди  1 19:18Ўзбекистон Кубоги. "Қизилқум" – "Андижон". Таркиблар маълум  3 18:50"МЮда ўйнаш осон эмас" — Андре Онана  3 18:31Расман: "Динамо" бразилиялик вингер трансферини эълон қилди  4 18:05Ди Мария фаолиятини қаерда давом эттириши маълум  2 17:38Кроос Медиалигани ишга туширди, иштирокчилар орасида ўнлаб футбол юлдузлари бор  1 17:11"Ал Насср" ҳимоячиси Европага қайтиш учун маоши сезиларли даражада камайишига ҳам рози  2 16:46"Менинг уйим – фақатгина "Манчестер Юнайтед"  8 16:17"Моуринью миянгизга қандай кириб боришни билади"  1 15:49Винисиус: "Биз Мбаппени эҳтиёт қилишимиз ва ёрдам беришимиз керак"  5 15:16"Пахтакор" стадиони ёпилди, клуб қачон уни таъмирдан чиқаради?  18 14:49Азиз Асимов йўқ пенальтини қўйган. 14-турдаги баҳсли вазиятлар юзасидан Эксперт-ҳакамлар комиссияси хулосаси  12

Xitoy futboli haqida nimalarni bilamiz? Yangiliklar

Xitoy futboli haqida nimalarni bilamiz?

Milliy terma jamoamiz Osiyo Kubogining 2-turida Xitoy termasi bilan to'qnash keladi. Odatimizga ko'ra, ushbu yurt futboli to'g'risida turli malumotlarni etiboringizga taqdim etamiz.
Maqolada asosan milliy chempionat va mamlakat futbolining o'ziga xos xususiyatlari bilan tanishtirib o'tamiz.

Jahonda eng ko'p aholiga ega mamlakat sifatida tan olinadigan Xitoyda professional futbol ligasini yaratish ustidagi harakatlar o'tgan asrning oxirlarida boshlangan. O'shanda mamlakat futboli rahbarlari "A" liga ishtirokchilariga qo'yilgan talablarni kuchaytirish va barcha klublarni professionallashtirish orqali saviyasi o'ta yuqori bo'lgan liga tashkil etish haqida o'ylashni boshlab yuborishgandi. Qilingan say-harakatlar natijasida 2004 yilga kelib superliga faoliyati yo'lga qo'yildi. Xuddi Evropa mamlakatlari singari proliga tashkil etgan bo'lsa-da, uni o'tkazish formati bo'yicha Xitoy avvalgi tizimidan voz kechmadi. CHempionat fevral-mart oylarida start olib, noyabr-dekabrda nihoyasiga etadi. Har bir jamoa raqiblari bilan o'z maydonida va safarda kuch sinashib ko'radi. 2008 yildan boshlab yuqori ligani ikki jamoa tark etadi va ularning o'rnini quyi ligada dastlabki ikki pog'onani band qilgan klublar egallashadi.



Superligada sovrindorga aylangan uch jamoa hamda Xitoy FA Kubogi sohibi Osiyo CHempionlar ligasida ishtirok etish huquqini ham qo'lga kiritadi. Agar Kubok sohibi yoki har ikki finalchi sovrindorlar safiga kirsa, u holda to'rtinchi o'rinni egallagan klub OCHLda qatnashadi. Superligada ishtirok etayotgan jamoalarning o'rinbosarlar va yoshlar ligalari musobaqalari ham tashkil etiladi. O'rinbosarlar ligasi "Olimpik" yoki "Koka-Kola" turniri deb yuritiladi. Unda, shuningdek, Xitoy ligasi (birinchi liga) klublari o'rinbosarlari ham qatnashishadi. Yoshlar ligasi "Adidas" ligasi deb ataladi. Ushbu musobaqada professional maqomga ega bo'lgan barcha jamoalarning yosh tarkiblari ishtirok etishlari mumkin. Ilk bor tashkil topgan paytda u "Nayk" turniri deya yuritilgan.

Janubiy Koreya, Avstraliya va Yaponiya terma jamoasiga nomzod futbolchilarning aksariyati superligaga kelayotgani haqiqatdan ham Xitoyda milliy chempionatni kuchaytirish uchun keng hajmdagi ishlar amalga oshirilayotganini isbotlaydi. Lekin terma jamoalar borasida bunday deyish mushkul. CHunki yildan-yilga ushbu termaning natijalari salbiy ko'rinish olyapti, lekin superliga bellashuvlariga tashrif buyurayotgan muxlislar soni har mavsumda sezilarli darajada o'sib boryapti. Xuddi Angliyada bo'lgani singari milliy terma jamoa natijalari muxlislar uchun superligaga bo'lgan qiziqishni pasaytirmaydigan holatga olib kelindi. Birinchi navbatda Xitoyda barcha qulayliklarga ega stadionlar barpo etildi va ishqibozlarning ko'ngilli dam olishlari uchun imkon qadar yuqori darajadagi qulayliklar tashkil qilindi. Ikkinchi o'rinda esa jamoalar o'z tarkibiga maoshlari yuqori bo'lsa ham yaxshi saviyala to'p tepadigan ijrochilarni jalb qilishni boshlashdi. Albatta, legionerlarning saviyalisini mamlakatga taklif qilishni ko'paytirishdi. CHunki milliy futbol saviyasini mahalliy futbolchilar yuqori darajaga olib chiqolmas ekanlar, xorijlik o'yinchilarga murojaat qilinadi. O'yin tashkilotchiligi, muxlislar bilan uchrashuvlar, stadiondagi muhit va boshqalar borasida Xitoy superligasi O'zbekiston oliy ligasidan ancha yuqorida turadi.



Barcha jamoalarda marketing xizmati yaxshi yo'lga qo'yilgan yoki hech bo'lmaganda bir asosiy homiy bilan shartnoma tuzishga erishilgan. Bir necha yillar muqaddam Xitoyda yirik kompaniyalar futbolga etibor qaratishni boshlashgandi va shundan beri o'sha holat davom etib kelyapti. Xitoy ishlab chiqarish bo'yicha jahonda birinchi o'rinda turgan mamlakatdir. SHu sababli turli katta va kichik kompaniyalar o'z nomini jahonga tanitishda aynan futboldan foydalanishga urinishyapti. Nafaqat klublarning asosiy homiysiga aylanish, balki homiylik shartnomalarining belgilangan turli darajalarini sotib olish uchun ham kompaniyalar jamoalarga yaxshigina miqdorda pul o'tkazib berishadi. Aytaylik, stadiondagi reklamalarning o'ziga nomini qo'yish uchun ham raqobat boradi. Superliganing o'zi esa har mavsumda yirik kompaniyalar bilan mavsumiy shartnomalar imzolayapti. Malumotlarga ko'ra, Xitoy klublari 61 foiz pulni homiylik shartnomalaridan ishlab topishadi, 18 foiz turli to'lovlardan, qolgan mablag'ni muxlislar tashrifidan,transferlardan va boshqa narsalardan olishadi.



Xitoy superligasi klublarining yillik umumiy byudjeti 500 mln AQSH dollaridan iborat ekan. Bu bizning ligaga nisbatan bir necha barobar ko'p summa deb aytsa bo'ladi. Bunga esa jamoalarning o'zlari homiy topishga intilishi va manfaatli shartnomalarni ko'proq imzolashi sababdir. Hozirda biz Xitoy superligasiga stadionlar, muxlislar tashrifi, jamoalarning pul ishlab topishi, marketing, yulduz futbolchilarning tashrifi borasida imkoniyatni boy beryapmiz. Jamoalar marketing siyosatini to'g'ri olib borishi natijasida homiylik shartnomalari imzolagan va ulardan tushgan mablag' evaziga endi jahon darajasidagi yulduzlarni jamoasi safiga taklif etmoqda. Keling, shu o'rinda superliga ishtirokchilarining bazilari bir yil mobaynida qancha byudjetga ega bo'lishiga oydinlik kiritsak. CHempion Guanchjou 110,6 mln, SHanxay SHenxua 62,3 mln, Dalyan SHayde 15,8 mln, Pekin Guan 31,6 mln, Tianjin Teda ham 31,6 mln, Liaoning esa 23,7 mln, Xangju Grintaun 12,6 mln AQSH dollari miqdoridagi mablag'ni bir yil davomida ishlatishgan. Bu erda eng yuqori, o'rtacha va kam byudjetga ega klublar keltirilgan. Ko'rib turganingizdek, eng kam byudjetga ega jamoa bizning oliy ligada eng katta byudjetga ega klublar bilan bemalol bahslasha oladi. Futbolchilarning o'rtacha oylik maoshi esa chin yurtida 66 ming dollarni tashkil qilib turibdi.

Mamlakatda barcha sharoitlarga ega futbol akademiyalari tashkil etilyapti. Yakkalik sport turlarida yaxshi natijalarga erishayotgan Xitoy birinchi raqamli sport turi sanalgan futbolda ham ijobiy natijalarga erishish uchun harakat qilmoqda. Buning qanday natija keltirishi yaqin yillar ichida kuzatib boramiz.


Behzod NAZAROV.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика