So’nggi yangiliklar

17:46Гвардиола "Сити" томонидан 22 марта қоида бузилгани ҳақидаги маълумотга изоҳ берди  1 17:11"Юве" Копмейнерс бўйича таклифни оширди  1 16:21Испания терма жамоаси футболчиси 40 млн. евро эвазига "Атлетико"га ўтди  2 16:10"Акрон" - "Динамо". Эсанов таркибдами?  4 15:43"Тоттенхэм" - "Бавария". Таркиблар эълон қилинди  3 15:30"Атлетико" 30+5 млн. евро эвазига ҳужумчи сотиб оляпти  4 15:00ОКМК ФК ва Қирғиз Республикаси академияси ўртасида меморандум имзоланди  3 14:49Франция ҳужумчиси: "Аргентиналиклар байрамимизни бузмоқчи эди, аммо у янада яхшироқ бўлди"  1 14:11Кьеза "Ювентус" қайдномасига киритилмади  2 13:46"Ал Иттиҳод" Эдерсон ўрнига 11 млн. евро эвазига бошқа дарвозабон сотиб олади  2 13:35"Вест Хэм" "Барселона" қизиққан Гидо Родригесни текинга ўз сафига қўшиб олади  1 12:36"Андижон" 17 та ўйиндан буён ОКМКни мағлуб эта олмаяпти  7 12:19Отаменди: "Францияликлар ғалабани бизнинг оиламиз вакиллари олдида нишонлашди. Нишонлагинг келса, олдимга кел, ҳал қиламиз"  17 12:01 "Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонларимиз - Алиев Диёрбек ва Маматов Муҳаммадамин  0 11:40"Қизилқум" - "Бунёдкор" ўйинидан кейинги қизиқарли фактлар  1

"Xirosima-94"da O'zbekistonni “oltin jamoa”ga aylantirgan Rustam Akramov 70 yoshda! Yangiliklar

"Xirosima-94"da O'zbekistonni “oltin jamoa”ga aylantirgan Rustam Akramov 70 yoshda!

14 avgust kuni, “Bunyodkor” klubining bolalar-o'smirlar futbol maktabi anjumanlar zalida taniqli mutaxassis, o'zbek futbolida yorqin iz qoldirgan murabbiy Rustam Akramovich Akramovning 70 yillik yubileyi tantanali tarzda nishonlandi.

Buyuk ustozni muborakbod etgani tadbirga uning juda ko'plab shogirdlari, do'stlari, faxriylar jam bo'lishdi.

Tantanani olib borgan Abror Imomxo'jaev dastlab tabrik uchun so'zni O'zbekiston futbol associaciyasi faxriylar kengashi raisi Narimon Jalolovga berdi.

N.Jalolov: - Toshkent viloyatida kichik bir Yangibozor shaharchasi bor. Bu erdan etishib chiqqan futbol kishilarining nomi esa dongi ketganlar sarasiga kiradi. Marhum “Paxtakor-79” jamoasining ajoyib futbolchilari Olim Ashirov, Mixail An, Vladimir Fyodorov aynan shu erning tarbiyalanuvchilari hisoblanadilar. Do'stimiz Rustam Akramov ham aynan Yangibozordan. U o'zbek va Osiyo futboli rivoji uchun bajargan mehnatlarni sanab o'tishga vaqt kamlik qiladi. Men Rustam Akramovichga tan-sihatlik, uzoq umr tilab qolaman! Hamisha shunday bardam bo'ling, aziz Rustamjon!

Axbor Imomxo'jaev, futbol faxriysi: - Men Rustam Akramovni yoshligidan buyon bilaman. U mening shogirdlarimdan. Bir voqea hech qachon yodimdan chiqmaydi. Jismoniy tarbiya institutiga kirish imtihonlari bo'lyapti. Men imtihon oluvchi komissiya azosiman. Talabalikka davogarlarni birma-bir sinovdan o'tkazayapmiz. SHu payt ko'zim darvoza ortida to'pni jonglyor qilayotgan baland bo'yli zabardast bir yigitga tushib qoldi. U to'pni shu qadar ajoyib tarzda jonglyor qilardiki, buni ko'rib hayratda qoldim. Huddi kompyuter klaviaturasiga aslo qaramasdan matnni umuman behato va shu darajada tezlik bilan teradigan ustalar kabi, bu yigit ham to'pga umuman qaramasdi. Oshnalari bilan gaplashish jarayonida jonglyorni epchillik bilan davom etardi. SHunda men yonimga o'sha yigitni chaqirib kelishlarini so'radim. Abiturient tezda oldimga etib keldi. Men uni imtihondan o'tkazmasdan, o'sha jonglyorining o'ziniyoq ko'rib, alo baho qo'yib berdim. “5” bahoni qo'ish uchun undan imtihon daftarchasini berishini so'radim. U menga daftarchani uzatdi. Baho qo'yayotib ismi-familiyasiga qaradim: Rustam Akramov. Endi o'zingiz o'ylang, qaysi o'qituvchi imtihon olmasdan besh baho qo'yib yuborishga o'zida botirlik topa oladi. Rustam Akramov o'shanda shunga mos ravishda harakat qilgan edi.

Bu inson faoliyatining keyingi davrlarida ham hamisha alo darajada ish olib bordi. Buni hamma biladi. Bejizga FIFA ordeni bilan taqdirlanmagan. Bejizga uni Osiyo futbol konfederaciyasida turli martabali lavozimlarda olib yurishmagan. Uni, ayniqsa, OFKning sobiq bosh kotibi Dato Peter Velappan qattiq hurmat qilardi. Butun Markaziy Osiyoda Rustam Akramovdek inson yagona, desam aslo mubolag'a bo'lmaydi.

Murod Aliev, “Bunyodkor” FK bosh direktori: - Men futbolchilik faoliyatim davomida ko'plab murabbiylar qo'l ostida to'p surdim. Ahrol Inoyatov, Bahodir Ibrohimov, Vitaliy Suyunov, Xans Ferel, Akmal Azizxo'jaev va boshqalar. Ammo, hurmatli Rustam Akramovich, sizdan bir qancha birovda yo'q jihatlarni o'zlashtirganman. Sizning o'zingizni tutishingiz, gapirish jihatlaringiz umuman boshqacha. Insonni suhbatlashish mobaynida o'zingizga rom eta olishingizni juda yuqori baholayman. Mana, hozir ham “Bunyodkor” bolalar-o'smirlar futbol maktabida hamon javlon urib mehnat qilayapsiz. Yangidan-yangi shogirdlar etishtirishda haligacha to'xtaganingiz yo'q. Aziz ustoz, yana uzoq-uzoq yillar hayot ko'rib, sizga yurtimiz futboli uchun mehnat qilishdan tolmay yurish nasib etaversin!

Mirjalol Qosimov, “Bunyodkor” jamoasi bosh murabbiyi: - Qadrli Rustam Akramovich, men sizdek ustoz qo'l ostida o'ynaganimdan g'oyat xursandman! Xirosimadagi Osiyo o'yinlarida g'alaba qozonganimiz huddi kechagidek yodimda. Bu buyuk muvaffaqiyatda sizning hissangiz hammanikidan ulug' bo'lgan. Sizga doimo sog' yurishni tilayman! Bir so'z bilan aytganda, biz barcha shogirdlaringiz siz bilan faxrlanamiz!


Asqar Tolibjonov, O'FA vice-prezidenti maslahatchisi: - Menga Rustam Akramov uzoq yillar davomida ustozlik qilgan. Ham ilm sohasida, ham sportda. Rustam Akramovich qo'l ostida nomzodlik dissertaciyasini yoqlaganman. Ustozim hayotda ham menga ko'p narsalarni o'rgatgan. Yurtimiz uchun juda ko'plab futbolchilar, undanda kam bo'lmagan miqdorda murabbiylar etkazdingiz. Barcha sizning bu mashaqqatli mehnatlaringizni qattiq hurmat qiladi. Ustoz, har doim shunday baland hurmatda yuring! Yubileyingiz muborak bo'lsin!

Yuriy Sarkisyan, “Bunyodkor” jamoasi maslahatchi murabbiyi: - Men faqat bitta faktni keltiraman, xolos. SHuning o'ziyoq Rustam Akramovichning kimligiga aniq va tiniq isbot bo'la oladi. Akramov futbolimiz tarixida O'zbekiston milliy terma jamoasining birinchi bosh murabbiyi sanaladi. SHu kungacha O'zbekiston milliy terma jamoasini 21 nafar bosh murabbiy boshqargan hamda yaqinda 22-mutaxassis tayinlandi. SHu barcha 22 nafar murabbiy ichida Rustam Akramov belgilangan vazifani bajara olgan yakkayu-yagona ustoz hisoblanadi. Uning oldiga 1994 yilgi Osiyo o'yinlarida g'alaba qozonish vazifasi qo'yilgan bo'lib, u bu topshiriqni alo darajada bajara olgan. Qolgan birorta ham bosh murabbiy O'zbekiston terma jamoasida uning oldiga qo'yilgan vazifani uddalay olmagan.



Ulug'bek Mirzaev yozib oldi.
Suratlar muallifi – Anvar Nodirov.


Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика