So’nggi yangiliklar

00:28АПЛ. Бруну қизил олган, Онана бурчакдан гол ўтказиб юборган учрашувда МЮ "бўрилар"га мағлуб бўлди  7 00:04АПЛ. "Ливерпуль" - "Лестер". Асосий таркиблар маълум!  2 23:52"Барселона"нинг ёздаги илк трансфери ким бўлади?  3 23:10"Фулхэм" сўнгги марта "Челси" майдонида қачон ғалабага эришганди?  3 22:49"Бухоро-W" қизлари Қозоғистон жамоасига қарши ўртоқлик ўйини ўтказди  3 22:12МТРК учун футбол мусобақаларини ёритишга мослашган КТС сотиб олинади  12 21:57ДАҲШАТ! "Фулхэм" дербида "Стэмфорд Бриж"да ғалабага эришди!  29 21:34АПЛ. "Вулверхэмптон" - "Манчестер Юнайтед" баҳси асосий таркиблар маълум!  28 21:09"Манчестер Сити"да нохуш статистикалар  2 20:52Пеп Гвардиола: "Бизда ҳозир шундай даврки..."  9 20:19Аканжи: "Адолатсиз натижа"  6 19:56Моуриньюнинг "Фенербахче"си Абдуқодир Ҳусанов бўйича таклиф билан чиқмоқчи  32 19:32"ФарДУ" клубида мавсум якунларига бағишланган тақдирлаш маросими ўтказилди  2 19:24Муваффақиятсизлик давом этади: "Манчестер Сити" бу сафар ўз уйида "Эвертон" билан дуранг ўйнади, Холанд пенальтидан гол ура олмади  33 19:10АПЛ. Тез орада бошланадиган "Челси", "Тоттенхэм" ва бошқа жамоалар иштирокидаги ўйинлар учун таркиблар маълум  6

Xirosima-94. 30 yil avval ertak yozgan qahramonlar hozir qaerda? Yangiliklar

Xirosima-94. 30 yil avval ertak yozgan qahramonlar hozir qaerda?

O'zbek futboli sahifasida bitta yorqin hikoya bor. Bu hikoya yozilganiga kuni kecha 30 yil bo'ldi.

1994 yil Xirosima yashil maydonlarida bo'lib o'tgan Osiyo o'yinlarida g'oliblikni qo'lga kiritgan O'zbekiston terma jamoasi azolari tarixda o'chmas iz qoldirgandi. Buni qarangki, bu milliy jamoamiz qo'lga kiritgan tarixidagi yagona sovrin bo'lib turibdi. Xo'sh, bu hikoyani yozgan qahramonlar hozir nima bilan band?

Yuriy SHeykin 

Musobaqa davomida darvozamizning haqiqiy qalqoni bo'la olgan Yuriy SHeykin ko'pchilikda ijobiy taassurot qoldira olgandi. Uning ayniqsa Koreya Respublikasiga qarshi o'yindagi seyvlari, mahorati bizga muhim g'alabani taqdim qilgan edi deya olamiz. SHeykin 2000 yillarda butsalarini mixga ildi va Rossiyaga yo'l oldi. Afsuski, u 2011 yilda bu dunyoni tark etdi. Muxlislar SHeykinning to'p yo'liga to'g'onoq bo'lishi, epchil harakatlarini hamon eslashadi. 

Berdah Allaniyozov

Qoraqalpoq zaminidan terma jamoa tarkibida Osiyo o'yinlarida qatnashgan yagona futbolchi Berdah Allaniyozov bo'lgan. Musobaqada ikkinchi raqamli posbon sifatida gavdalangan. U 1992-1994 yillar oralig'ida "oq bo'rilar" safida 8 ta bellashuvda maydonga tushgan. Sobiq darvozabon Osiyo o'yinlarida faqat 1 ta bahsda maydonga tushgan (O'zbekiston - Tailand 5:4). Bugungi kunda Berdax Allaniyozov bilan aloqalar yo'q. So'nggi malumotlarga ko'ra, u hayotini Tatariston bilan bog'lagan. 

Aleksandr Tixonov

Osiyo o'yinlarida mudofaa chizig'imizning ishonchli vakillaridan biri Aleksandr Tixonov bo'lgan edi. U turnirga "Neftchi" jamoasidan jalb qilingan. Murabbiylar shtabi Tixonovga Osiyo o'yinlarida 7 ta uchrashuvda imkoniyat berishgan. Tixonov 2 yil avval bergan intervyusida Moskvada istiqomat qilayotganini, 2005-2006 yilda tug'ilgan futbolchilarni shug'ullantirayotganini aytgan. 

Abduqahhor Marufaliev

O'ng qanotdagi tezkor harakatlar egasi bo'lgan Abduqahhor Marufaliev Osiyo o'yinlarida faqat 2 ta o'yinda qatnashgan (O'zbekiston - Tailand 5:4, O'zbekiston - Xitoy 4:2). utsalarini mixga ilganidan so'ng ko'p yillar Bekobodda "Metallurg" tizimida turli lavozimlarda faoliyat olib bordi. Abduqahhor Marufaliev ayni paytda Xalqobodda yoshlar futboli bilan shug'ullanmoqda. Mutaxassis selekciya ishlari bilan band.

 

Farhod Magometov 

Osiyo o'yinlarida terma jamoamizni sardor sifatida Farhod Magometov maydonga boshlab tushgan. Futbolchilik faoliyati haqida to'xtalmaymiz. Bu haqida ko'pchilik yaxshi biladi. Magometovni ko'pchilik 2008-2017 yillar oralig'ida PFL rahbari sifatida faoliyat olib borganidan xabardor. Undan avval "Guliston", "Navbahor", "CHig'atoy" futbol maktabida faoliyat olib borgandi. Uni hozirda faxriylar o'rtasidagi turli turnirlarda kuzatib turamiz. PFL rahbarligidan so'ng futbol sohasida mehnat qilgani yo'q. Ayni paytda nafaqada. 

Andrey Fyodorov 

Tixonov singari Fyodorov ham himoyaning mustahkam devori bo'lib xizmat qilgan. Osiyo o'yinlaridan so'ng terma jamoa tarkibida 2007 yilgacha ko'plab o'yinlarda maydonga tushdi. Klublar miqyosida o'zimizdan "Neftchi", xorijdan Rossiyaning "Rubin" jamoalarida ko'zga ko'rinarli yutuqlarga erishdi, mamlakat chempioniga aylandi. Murabbiylikda "Lokomotiv" bilan 2018 yil O'zbekiston chempionligini qo'lga kiritdi. 2020 yildan so'ng yana Rossiyaga yo'l olgan Fyodorov "Lokomotiv" (Moskva)da turli lavozimlarda ishladi. Ayni paytda u Qozonning "Rubin-2" klubida murabbiy sifatida ishlab kelyapti. 

Fevzi Davletov 

Orqa chiziqda terma jamoamiz sharafini himoya qilgan Fevzi Davletovning to'p teparlik salohiyatini katta yoshli muxlislar eslashadi. Osiyo o'yinlarida u o'zi qatnashgan 6 ta uchrashuvning barchasida to'liq harakat qilgan. Davletov katta futboldan so'ng murabbiy sifatida uzoq yillar Bekobodning "Metallurg" klubida Rustam Mirsodiqovga ko'maklashdi. Fevzi Rizaevich joriy yildan boshlab esa "Surxon" bosh murabbiyi vazifasini bajarib kelyapti. 

Ulug'bek Ro'zimov

Terma jamoamizning bo'ydor va gavdali himoyachisi Ulug'bek Ro'zimov bugun oramizda yo'q. Xorazm futboli vakili hisoblangan sobiq futbolchi 2017 yilda olamdan o'tdi. Futbolchilikdan so'ng Rauf Inileevga "Buxoro"da ko'maklashdi va keyingi yillarda "Paxtakor"da bolalar futboliga o'zini bag'ishladi. Ro'zimov terma jamoa libosida 23 ta bahsda maydonga tushishga ulgurgan va 2 ta gol urgan. 

Abdusamad Do'rmonov

Abdusamad Do'rmonovni himoyachi bo'lishiga qaramay hujumlarga ham qo'shilishini ko'p bor takidlashgan. U terma jamoada faqat 1992-1994 yillar oralig'ida harakat qilgan. Bu vaqtda u Xirosimadagi Osiyo o'yinlari g'olib bo'lish baxtiga musharraf bo'lgandi. Murabbiylar unga Tailand (5:4), Turkmaniston (3:0), Koreya Respublikasi (1:0), Xitoy (4:2) bilan o'yinlarda imkoniyat berishgan. Abdusamad Do'rmonov murabbiylikda ko'p yillar "Neftchi"da Yuriy Sarkisyanga yordam berdi, 2019-2020 yillarda o'z jamoani boshqardi. Ayni paytda u Birinchi liga ishtirokchisi  "FarDU" jamoasida katta murabbiy lavozimida faoliyat yuritmoqda. 

Ilhom SHaripov 

Maydondagi eng mehnatkash va qora ishni maromiga etkazib bajaradiganlardan biri Ilhom SHaripov bo'lgan desak yangilishmaymiz. Osiyo o'yinlarida tayanch yarim himoyachisi poziciyasida to'p tepgan. Sobiq to'p tepar "Paxtakor"da mamur sifatida ishlaganidan xabarimiz bor. Keyinchalik Samarqandning "Dinamo" klubi menejeri bo'lib faoliyat yuritdi. Ayni paytda u Bekobodning "Metallurg" klubi akademiyasida selekcioner hisoblanadi. 

Mirjalol Qosimov

O'zbek futboli afsonasi Osiyo o'yinlaridan oldinoq allaqachon tanilib ulgurgandi. SHu bois Qosimovdan Xirosimada ko'p narsa kutilgan va u o'z ishini alo darajaga bajargan. Mirjalol Qosimov turnirda Saudiya Arabistoni, Tailand (2 ta), Malayziya darvozabonlarini ranjitgan. Buni qarangki, oradan 20 yil o'tib Qosimov endi murabbiy sifatida 2014 yilgi Osiyo o'yinlarida qatnashdi. Ammo omad kulib boqmagandi. 2019 yildan buyon OKMKni boshqarib kelayotgan murabbiy jamoani yangi marralar sari etaklashga harakat qilmoqda. 

Sergey Lebedev 

Sergey Lebedevni muxlislar Osiyo o'yinlaridagi Saudiya Arabistoni va Xitoyga urgan gollari orqali eslashadi. Kuchli zarba sohibi bugungi kunda Birinchi liga qatnashchisi "FarDU" jamoasi bosh murabbiyidir. Lebedev murabbiylikda "Neftchi"da Sarkisyanga yordam berdi, "Buxoro"da Davron Fayziev, Anvar Berdiev bilan birga ishladi. 

Stepan Atoyan 

Osiyo o'yinlarida maydonga tushmagan lekin sovrindorga aylangan Stepan Atoyanni ko'proq "Neftchi"da to'p tepganini bilamiz. U 1996 yilgi Osiyo kubogida terma jamoamiz tarkibida o'ynagan. Atoyan hozirda Greciyada bolalar futbolida mehnat qilib kelmoqda.

Azamat Abduraimov 

Xirosimada Azamat Abduraimov o'zining eng yorqin futbolini ko'rsatgani shubhasiz. U raqiblar darvozasini 5 bor ishg'ol qilgan va esda qolarlisi yarim finalda Koreya Respublikasiga urilgan gol edi. SHu kuni raqiblar katta ustunlikka ega bo'lganiga qaramay Abduraimovning uzoqdan yo'llagan zargarona goli, SHeykinning seyvlari final eshiklarini ochgan. Mana 30 yildirki biz hamon Koreya Respublikasini mag'lub etishni uddasidan chiqayotganimiz yo'q. Azamat Birodarovich hozirda Toshkent futbol associaciyasi birinchi vice-prezidenti lavozimida faoliyatini davom ettirmoqda. 

Rustam Do'rmonov 

Rustam Do'rmonov terma jamoa safida 14 ta o'yin o'tkazib 2ta gol urgan. 1994 yil O'zbekiston terma jamoasi tarkibida Xirosimada o'tgan Osiyo o'yinlari g'olibi bo'lgan. 1993 yilgi mavsum to'purari bo'lgan Do'rmonov murabbiylik yo'llarini esa vodiy bilan bog'ladi. "Navbahor", "Xotira-79", "Neftchi"da murabbiylikda o'zini sinab ko'rdi.   Avvalgi mavsumlarda Samarqandning "Dinamo" klubida U-19 jamoasida ishladi. So'nggi malumotlarga ko'ra, Rustam Do'rmonov hozirda nafaqada hordiq chiqarmoqda. Bundan tashqari faxriylar jamoasida to'p tepmoqda. 

SHuhrat Maqsudov

Xitoyga qarshi final xushtagi yangraganidan so'ng stadion uzra yurtimiz bayrog'ini xilpiratib yugurgan futbolchi SHuhrat Maqsudov edi. U Osiyo o'yinlarida Malayziya, Tailand, Xitoyga gol urgan. Murabbiy sifatida SHuhrat Mirusmanovichni "Neftchi", OKMK, O'zbekiston MTJ, OTJ, "Bunyodkor"da ko'rdik. Hozirda u "Paxtakor"da sport direktori lavozimida klubning rivojlanishiga o'z hissasini qo'shib kelmoqda. 

Igor SHkvirin

Xirosima-1994 Osiyo o'yinlarida Igor SHkvirin 8 ta gol bilan eng yaxshi to'purarlar qatorini boshqargan. Hujum poziciyasining nayzasi va yakunlovchi nuqtasi bo'lgan. Igor Anatolevichning murabbiylikdagi katta davri Olmaliqda o'tdi. OKMKdan so'ng "So'g'diyona", "Turon"ni boshqardi. Hozirgi davrda OKMKda selekcioner vazifasini bajarmoqda. 

Rustam Akramov 

Futbol professori nomini olgan Rustam Akramov terma jamoamizning ilk sovrinini qo'lga kiritilishida o'zining katta hissasini qo'shgan. "1992 yil milliy jamoani qabul qilib olgan vaqtimda mutasaddilardan uch yil muddat, yani birinchi yirik musobaqa yakuniga qadar vaqt so'raganman. Buning uchun uch yilga mo'ljallangan dastur ishlab chiqqanman. Men bu dasturni to'liqligicha amalga oshirdim deb ayta olaman: shogirdlarim 1994 yil aprel oyida "Toshkent turniri", sentyabrda Mustaqillik kubogi va oktyabrda esa Osiyo o'yinlari g'olibi bo'lishdi",- degan edi. Rustam Akramov 2022 yil 73 yoshida xastalikdan vafot etdi. 

Birodar Abduraimov

Rustam Akramovga Osiyo o'yinlarida yaqindan Birodar Abduraimov yordam bergan. O'tgan yili 80 yoshni qarshi olgan Birodar Hasanovich O'FA faxriylar kengashi azosi hisoblanadi.

Anatoliy Turikov 

Anatoliy Alekseevich Osiyo o'yinlarida terma jamoamizning shifokori bo'lgan.  Turli yoshdagi mamlakat terma jamoalarida shifokorlik qilgan Turikov, milliy chempionatimizda "Paxtakor", "Nasaf", "Do'stlik", "Neftchi", "Metallurg" kabi jamoalarimizda ham faoliyat yuritgan. Turikov 2016 yil vafot etgan.

Reyting: +14   

Fikrlar

+6   
18 okt 00:42:03
Habib Shahobiddin
Yaxshi maqola boʻlibdi davomli boʻlsa hursand boʻlardik
   
18 okt 08:51:29
Jahongir88
Bek
   
18 okt 08:50:53
Jahongir88
Haqiqiy oyinchila
   
17 okt 20:27:45
bayernmyunhen beyernmyunhe
Корейслар билан ярим финал уйин дахшат булганди хакикий ватан кахрамонлари . Эсдан чикмайди
   
17 okt 20:12:39
Otabek Yusupov
Ха булар ватан учун уйнаган.
   
17 okt 16:40:23
dessi anvar
фарход мага ПФЛни еб тугатиб қочворди
   
17 okt 16:02:03
Галаба бизни тарк этмасин.
Бир кун нонни дуконга келишини пойлаб ётардик, бу йигитларда галаба козонишдан бошка йул йук эди.
   
17 okt 15:33:22
Жамшид Абдусамадов
Шейкин Лебедев ман учун энг кучлиси шу составда
   
17 okt 15:11:00
Salohiddin Nazarqulov
BOSHQA ODAMLAR HAM QILA OLADIGA ISHLAR "ERTAK DEYILMAYDI", BOSHQALAR QILA OLMIDIGAN ISHLAR ERTAK YOKI AFSONA ANIQROG'I MO'JIZA DEYILISHI MUMKIN, ASTOYDIL IZLANINGLAR JURNALISTLAR.
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика