Ximenes YCHL so'nggi turida maydonga qaytadi

5 dek 2019, 22:41
Madridning "Atletiko" klubi bosh murabbiyi Diego Simeone jamoa himoyachisi Xose Mariya Ximenesning jarohatdan tiklanish jarayoni haqida gapirdi.

- U umumiy guruh mashg'ulotlariga qo'shildi va yaxshi ishladi. Ximenes so'nggi ikki uchrashuvda o'ynamadi, ammo ishonamanki, u "Lokomotiv"ga qarshi YCHL uchrashuviga qadar maydonga qaytadi, - deydi Simeone Mundo Deportivo nashriga.

Eslatib o'tamiz, 24 yoshli urugvaylik himoyachi "matraschilar" safiga 2013 yilda "Danubio" klubidan kelib qo'shilgandi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Mundo Deportivo