So’nggi yangiliklar

17:24Вирцни қўлдан чиқарган "Бавария" "Арсенал" футболчисига юзланди  0 16:55Исландиялик иқтидор "Рома"ни қизиқтирмоқда  0 16:27Қаҳрамонлик ортидаги оғриқ: Беллингем операция столига ётади  3 15:59"Фиорентина" юлдузи "Манчестер Юнайтед" нишонида  0 15:33Диёр Холматов голини нега Асенсио услубида нишонлагани ҳамда топ-5 чемпионатга йўл олиши ҳақида гапирди  9 15:07Тео Эрнандес "Ал Ҳилол"га ўтишга рози бўлди, клублар келишувга эришди  1 14:39"Суонси" собиқ устози аэропортда ишламоқда  4 14:10Брайан Риаскос: "Ҳужумдаги исталган позицияда ўзимни қулай ҳис қиламан"  3 14:03Самарқандда синмайдиган анъана, енгилмас Абрамов "армияси" ва уча олмаётган "қалдирғочлар" — “Динамо” ва “Бунёдкор” тўқнашувидан олдин  5 13:44"Челси" Коло Муани борасида ПСЖ билан музокараларни бошлади  3 13:17Макелеле фаолиятида муҳим ўрин тутадиган мураббий кимлигини айтди  0 12:50Бахтиёр Қосимов: "Ўз майдонимизда "Динамо" илк мағлубиятини қабул қилиб олади"  5 12:28Компани: "Месси қандай қилиб ҳали ҳам шундай ўйнаяпти, билмайман"  4 12:00Абдурауф Бўриев: "Ҳисоб 6:0 бўлсин ёки 1:0 – ғалаба учун 3 очко берилади. Ҳозирда хориж клублари билан музокаралар кетмоқда"  3 11:45"Олтин тўп" учун курашда янги етакчи — Витинья биринчи ўринга чиқиб олди  11

"Xillsboro" fojiasiga 31 yil to'ldi Yangiliklar

"Xillsboro" fojiasiga 31 yil to'ldi

1989 yilning 15 aprelida sodir bo'lgan "Xillsboro" stadionidagi dahshatli fojia Britaniya futboli tarixidagi eng dahshatli voqealardan biri bo'lgan.

"SHeffild Uensdey" stadioni - "Xillsboro"da Angliya kubogi yarim final o'yinida “Liverpul” va “Nottingem Forest” o'zaro to'qnash kelishdi. O'sha uchrashuvda "Liverpul" klubi ishqibozlaridan 94 tasi halok bo'ldi. 766 kishi turli xildagi jarohatlar olishdi. Keyinchalik jarohatlanganlarning ikkitasi bu hayotdan ko'z yumgani malum qilindi.


Voqealar rivoji

1989 yil 15 aprel soat 15:00da Angliya kubogi yarim finali doirasida "Nottingem Forrest" va "Liverpul" bahsi boshlanishi kerak. Yo'l ishlari tufayli mersisaydlik ishqibozlarning aksariyati arenaga start xushtagidan 20 daqiqa oldin etib kelishdi.

"O'yin boshlanganida "Liverpul" muxlislarining tribunasi deyarli bo'sh edi", - deb eslaydi "Nottingem" ishqibozlaridan biri.

Turniketlarda nosozlik kuzatildi, shuning uchun policiyachilar markaziy darvozani ochib, muxlislarning chiptalarini tekshirmasdan turib kiritib yuborishga qaror qilishdi. Natijada arenaning markaziy tribunasida qariyb 5 ming muxlis paydo bo'ldi. Odamlar tuzoqqa tushishdi - uch tomondan to'r bilan o'rab olingan, buning ustiga odamlar oqimi hech to'xtamasdi. Bir necha soniya ichida birinchi qatordan joy egallaganlar temir panjaralarga "yopishib qolishdi".

Devid Dakenfild boshchiligidagi policiya xodimlari tiqilinchni tartibsizliklarning boshlanishi deb hisobladi va shunchaki dahshatli vaziyat yuz bergan panjara oldida tizilishdi.

Qo'shni sektorlardagi ishqibozlar "tuzoqqa tushganlar"ga yordam berishga harakat qilishdi - ular sektorlar orasidagi to'siqlardan o'tib, yuqoriga ko'tarilib borishdi. Muxlislar darvozani sindirishga muvaffaq bo'lib, maydonga yugurib chiqishdi. Huquqni muhofaza qilish organlari esa ushbu oqimni to'xtatishga harakat qildi.

Soat 15:06da ko'pchilik tibbiy yordamga muhtoj ekanligi malum bo'lganda o'yin to'xtatildi. Ko'ngillilar shifokorlarni chaqirishdi, ammo Dakenfild soat 15:15dan keyin maydonga tez yordam mashinalarini kirishini taqiqlab qo'ydi. Oqibatda 44 ta tibbiy brigadadan faqat 14 tasi jabrlanganlarni kasalxonaga olib ketdi.

"Xillsboro"dagi tiqilinchda 96 kishi vafot etdi. Eng yosh qurbon - 10 yoshli Jon Pol Jilxuli (Stiven Jerrardning amakisini o'g'li). Eng yoshi katta qurbon esa 67 yoshli Jerard Baron bo'ldi. U "Liverpul" o'yinchisi Kevin Baronning akasi edi.

O'rganishlar jarayoni va uning oqibatlari

Fojiadan bir necha kun o'tgach, "The Sun" gazetasi "Haqiqat" deb nomlangan maqolani bosib chiqardi, unda jurnalistlar halokat sababchilari sifatida tribunadan joy olgan "Liverpul"ning mast muxlislari deya keltirishdi.

Mersisayd oylab, yillab motam tutdi va qattiq qayg'uga cho'mdi. Gazetani sotib olishni to'xtatdilar va "The Sun" Liverpulda 30 yil davomida eng kam sotilgan gazetaga aylandi. Fojiadan 28 yil o'tgach, "Liverpul" klubi nashr muxbirlariga o'z o'yinlariga kirishni hamda klubning barcha tadbirlarida qatnashishni man qildi.

Fojia uchun javobgar bo'lganlarning davlat darajasidagi tergovi oshkor qilinmadi. Guvohlik bergan policiya xodimlari bir-birlarini himoya qilishdi va agar ular muxlislarni tribunaga qo'ymaganlarida qurbonlar soni bundanda ko'p bo'lishi mumkinligini aytishdi. Sud jarayoni bir necha yil davom etdi, barcha buyruqlarni bergan policiyachi Dakenfildning sog'lig'i yomonlashgani bois uni javobgarlikdan ozod etishdi.

Keyinchalik maydon va tribunalar orasidagi to'siqlar barcha ingliz stadionlaridan olib tashlandi va turib ko'riladigan joylardan voz kechildi.

Qayg'uli hodisadan 21 yil o'tgach, halok bo'lganlarning qarindoshlari bosimi tufayli hukumat voqeani tekshirish uchun maxsus komissiya tuzdi.

2016 yil 26 aprel kuni sud hayati tomonidan Janubiy Yorkshir policiyachilari haqiqatga to'g'ri kelmaydigan harakatlarni amalga oshirishi natijasida ko'plab insonlar o'lim topgani to'g'risida qaror chiqarildi.


Futbol o'z yo'liga. O'zingiz va yaqinlaringizni asrang!


#uydaqoling

#vahimasizkarantin


SHerzod Nurmatov tayyorladi. 

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика