Xiddink koronavirusga chalindi. U iyun oyida Klyuvertdan terma jamoaga yordam berishni so'radi
15 may 2021 09:14
Yangiliklar
Xiddink koronavirusga chalindi. U iyun oyida Klyuvertdan terma jamoaga yordam berishni so'radi
Kyurasao terma jamoasi bosh murabbiyi Gus Xiddink terma jamoaning iyun oyida JCH-2022 saralashi doirasidagi o'yinlarida ishlay olmaydi.
Niderlandiyalik 74 yoshli murabbiy koronavirusga chalingan va ayni paytda davolanmoqda.
U "Barselona" akademiyasi direktori Patrik Klyuvertdan yaqinlashib kelayotgan o'yinlarda yordam berishini so'ragan.
Klyuvert bu borada "Barsa" prezidenti Joan Laportaga murojaat bilan chiqqan. O'z navbatida Laporta unga Kyurasao terma jamoasini vaqtinchalik boshqarishga ruxsat bergan.
Kyurasao terma jamoasi 5 iyun kuni Virjinya orollari, 8 iyunda esa Gvatemala terma jamoasiga qarshi o'ynaydi.
Malumot uchun ushbu terma jamoa KONKAKAF mintaqasida o'yinlarni o'tkazadi.
Fikrlar