Xiddink: "Futbolchi jamoaga bir umr sodiq bo'lishi uchun qasam ichadigan davrlarga qaytmaymiz"
07 fev 2016 13:14
Yangiliklar


Xiddink: "Futbolchi jamoaga bir umr sodiq bo'lishi uchun qasam ichadigan davrlarga qaytmaymiz"
"CHelsi" bosh murabbiyi Gus Xiddin jamoaning kelasi mavsumda CHempionlar ligasiga tusha olmasligi borasida fikr bildirdi.
"Barcha jamoalar CHempionlar ligasida o'ynashni istaydi, ammo doimo cho'qqida qolishning iloji yo'q. Bazida tarkibni o'zgartirish, strategiyani yangi tuzish kerak bo'ladi. Bu o'yin falsafasi, jamoa maqsadlariga ham bog'liq. Agar CHLda bir yil ishtirok etolmay, ammo unga qaytish uchun katta kuch sarflasang, buni ko'rgan futbolchilar jamoada qolishni istaydi.
Hammasi klub maqsadlariga bog'liq. Futbolchi jamoaga bir umr sodiq bo'lishi uchun qasam ichadigan davrlarga qaytmaymiz. Bugungi kunda yaxshi reja va yaxshi jamoa futbolchilar uchun qiziq ko'rinadi" - deydi Xiddink.
O’xshash yangiliklar
20:41
Gus Xiddink: "Rus klublari evrokuboklarga yaqin besh yilda qaytmasa kerak. Sababini hamma biladi" 4

Fikrlar