Xiddink: "CHelsi" g'alaba qozonishni boshlashi kerak"
31 dek 2015 12:54
Yangiliklar
Xiddink: "CHelsi" g'alaba qozonishni boshlashi kerak"
"CHelsi" bosh murabbiyi Gus Xiddinkning so'zlariga ko'ra, uning jamoasi so'nggi uchrashuvlardagi natijalardan xursand emas.
"Ko'klar" so'nggi ikki bahsda "Uotford" va "Manchester Yunayted" bilan durang qayd etdi.
"Biz ochko ishlay boshladik. Ketma-ket uchinchi bahsda mag'lub bo'lganimiz yo'q, ammo bu etarli emas. Biz g'alaba qozonishni boshlashimiz kerak. Top-klublar ham ochko yo'qotadi. Hozir vaziyat juda og'ir va navbatdagi raqibimiz CHempionlar ligasi hududiga yaqin joyda. SHu sababli keyingi bahslarda g'alaba qozonish qiyin, lekin bor kuchimizni ishga solamiz.
"Kristal Pelas" yaxshi o'ynayapti. Alan Pardyu bu klubda ajoyib ish olib boryapti. Statistikaga qaraydigan bo'lsak, jamoa 19 uchrashuvda 23ta gol urganini va 16ta gol o'tkazganini ko'rish mumkin. Ular yaxshi tashkillashgan jamoa" - deydi Xiddink.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar