"Xetafe" prezidenti Evropa Ligasi o'yinlarining qachon bo'lib o'tishini aytdi
08 may 2020 17:40
Yangiliklar


"Xetafe" prezidenti Evropa Ligasi o'yinlarining qachon bo'lib o'tishini aytdi
"Xetafe" prezidenti Anxel Torres Evropa Ligasi o'yinlari bo'yicha aniqlik kiritdi.
Eslatib o'tamiz, ispan klubi Evropa Ligasi 1/8 finali doirasida Milanning "Inter" jamoasi bilan o'ynaydi.
Uning so'zlariga ko'ra, UEFA ushbu bosqichdagi birinchi o'yinlarni 2-3 avgust kunlari o'tkazishni rejalashtirmoqda, javob o'yinlari esa 6-7 avgustda bo'lib o'tadi. Bundan tashqari, u stadionda muxlislarning bo'lmasligini aytdi.
Torres shuningdek evrokubok o'yinlarining neytral stadionlarda bo'lib o'tishi mumkinligini aytdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar