Xese: "Sakkiz oy azob chekdim, shifokorlarga, Achelotti va Peresga minnatdorchilik bildiraman"
03 dek 2014 12:47
Yangiliklar


Xese: "Sakkiz oy azob chekdim, shifokorlarga, Achelotti va Peresga minnatdorchilik bildiraman"
"Real" hujumchisi Xese Rodriges "Kornelya" ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng o'z hissiyotlarini yashirmadi.
"Qirollik klubi" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti yosh hujumchini 55-daqiqada maydonga tushirdi. SHunday qilib Xese sakkiz oydan so'ng yana futbol o'ynay boshladi.
"G'alabamizdan va safga qaytganimdan xursandman. Bu sakkiz oy men uchun azob bo'ldi. Anchelotti va klubimiz prezidentiga katta rahmat. Muxlislarimizni sevaman. Safga qaytishimni jarohatdan tuzalishda yordam bergan insonlarga bag'ishlayman" - deydi Xese.

Fikrlar