Xerardo Martino: “Messi formasini to'liq tikladi”
06 fev 2014 10:12
Yangiliklar


Xerardo Martino: “Messi formasini to'liq tikladi”
“Barselona” klubi bosh murabbiyi Xerardo Martino Lionel Messining Ispaniya Kubogi yarim finali doirasida “Real Sosedad”ga qarshi o'yini (2:0) xusisida to'xtalib o'tdi.
“Fikrimcha, Messi formasini to'liq tikladi. Bu gaplarni uni gol urayatgani yoki urmayotgani uchun aytayatganim yo'q. Uning o'yini jamoaga katta foyda keltirayapti, shuning uchun u yuz foiz ishga kirishdi deb o'ylayapman.
“Real Sosedad”ga qarshi o'yinda unga imkoniyatlar bo'ldi, bu esa Messi yana avvalgidek ko'p gollar ura boshlashidan darak beradi”, - deydi mutaxassis.

Fikrlar