So’nggi yangiliklar

12:11"Реал" 11 ойдан бери "Бернабеу"да 15 млн. евро даромад келтириши кутилаётган бар-ресторанни очолмаяпти  0 11:39Пети: "Анчелотти ва яна бир неча футболчилар Мбаппе "Реал"га ўтишини хоҳламаганига ишончим комил"  3 10:54Аморимнинг МЮдаги илк трансфери бразилиялик футболчи бўлиши мумкин  1 10:20Кейн Холландга тегишли бўлган Бундеслига рекордини янгилади  1 09:47Лунин А Серияга кўчиб ўтиши мумкин  1 09:11Goal мундиал фаворитлари рўйхатини янгилади. ТОП-10да ўзгаришлар бор  5 08:45Аморим «Манчестер Юнайтед»да нималарни ўзгартириш кераклигини айтди  1 08:18Sofascore. «Ал Ваҳда» дуранг ўйнади. Ҳожимат Эркиновнинг ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди?  3 07:46Суперлига. Бугун турнинг қизиқарли баҳсига гувоҳ бўламиз  4 03:00Франция. ПСЖ "Тулуза" дарвозасига 3та гол урди  0 03:00Бундеслига. "Бавария" йирик ғалабага эришди, Кейндан хет-трик  0 01:47Арне Слот: "Гвардиоланинг қолишидан хурсанд бўлдим"  0 01:13"Манчестер Сити" Чемпионшипга тушириб юборилса, Пеп жамоада қоладими? Унинг ўзи жавоб берди  2 00:43Флик Левандовскининг оффсайди борасида тушунтириш беришларини сўради  6 00:10Саудия Арабистони. Обамеянгнинг голи "Ал Насср"ни мағлуб қилди, Роналдудан 911-гол  17

Xerar Pike: “Otam menga hamisha g'alabaga intilish hissini yuqtirgan” Yangiliklar

Xerar Pike: “Otam menga hamisha g'alabaga intilish hissini yuqtirgan”

Teglar :  PikeBarselona
“Barselona” himoyachisi Xerar Pike “FourFourTwo” jurnali loyihasida ishtirok etdi.


Loyihada savollar boshqalar tomonidan yo'llanadi va unga qahramon javob beradi. Unda bazi mashhur insonlar yo'llagan savollar ham uchradi. Ajoyib suhbatni etiboringizga havola etamiz.


- Tug'ilganingizdan beri “Barsa”ning “soso”si sanalasizmi?

- Mutlaqo to'g'ri. Bobom klubda direktorlar kengashida ishlagan va keyinroq vice-prezidentga aylangan. U azoligimni rasmiylashtirgan. Bu bilan yarim asrdan ortiq vaqt davomida faxrlanib kelaman. Yoshligimdan jamoa o'yinlariga tashrif buyurganman, biroq hech qachon bobom bilan maxsus lojada o'tirishimga ruxsat berishmasdi. Ota-onam bilan o'tirardim.

- “Barselona” siz uchun nimani bildiradi?

- Klubni tarixi va o'yin uslubi tufayli chin yurakdan sevaman. Hozir u Kataloniyani gullatmoqda. Yoshlar jamoasida ajoyib talim olganman. Boshqalarga bunday omad kulib boqmagan.

- Familiyangiz tufayli yoshlar jamoasida hazillarga duch kelganmisiz?

- (Kuladi) Ko'p emas. “Barselona”da o'ynab, ashaddiy raqib stadioni atalgan familiyaga ega bo'lish g'alati, biroq familiyani men tanlamaganman. Jamoam uchun g'alatiroq bo'lgan familiyaga egaligimdan faxrlanaman.

- Akangiz Mark sizning juda kurashga beriluvchan ekaningiz haqida gapirgan. Kimgadir nimada yon berasizmi?

- Ha, bu narsa ko'chadayoq, raqobat jiddiy ekanligida boshlangan. Bu menga yaxshi bo'lishimga ishtiyoq beradi. Yutqazishdan ko'ra yutish yaxshiroq. Otam hech narsada yon bermasdi, uzoq vaqt uni stol tennisida yuta olmaganman. Lekin bir safar uni yutdim va shundan buyon yutqazmaganman. Hozir uning ko'zlari yaxshi ko'rmaydi va sharni zo'rg'a ajratadi. U menga hamisha g'alabaga intilish hissini yuqtirgan.

- Fabregas va Messi bilan bir jamoada birga o'sgansiz. Yaqin do'stingiz Sesk bilan janjallashganmisiz?

- Biz birgalikda deyarli yutqazmasdik. Jamoamiz ajoyib edi va Evropa darajasida yaxshi o'yin ko'rsatardik. Sesk bilan doim tortishib yurardik. Eng yaxshi vaziyatlar safar o'yinlarida yuzaga kelardi. Qarta yoki FIFA o'yinini o'ynardik. Messi dastlab etiborsiz edi, lekin SHveycariyadagi turnirdan keyin o'z qobig'idan chiqishni boshlagan. Bolaga yangi qita sharoitlariga moslashish hamisha og'ir. O'zini namoyish qilgandan buyon u jahonda eng yaxshi bo'lib kelmoqda. U juda iqtidorli.

- Rostdan ham Lui Van Gal bobongizning uyiga tashrif paytida siz bilan ko'rishganmi? Unga javob berganmisiz?

- Bu haqiqat. 12 yoshlarda edim va u yoshlar jamoasida himoyachi ekanligimni bilardi. U “Barselona” himoyachisi kuchli bo'lishi kerakligini aytgan. Unga javob aytmaganman. CHunki u asosiy jamoa bosh murabbiyi, men esa yoshlar jamoasi himoyachisi edim. U bilan jahon chempionatida Gollandiyaga qarshi o'yindan avval qisqa suhbatlashdim, biroq o'sha voqeani eslatmadim.

- “MYU”ga o'tishga sizni nima majbur qilgan? Bu Fabregasning qaroriga ham tasir o'tkazganmi? Moslashish qanchalik qiyin bo'lgan?

- Hayotda shunday palla bo'ladiki, og'ir qarorga kelish lozim bo'ladi. “Yunayted” menga har kuni yuqori saviyali o'yinchidan o'rganish imkonini taqdim etdi. “Barselona”ni tark etish oddiy bo'lmagan. Manchesterda boshqacha futbolga duch kelganman, lekin imkoniyat yoshlar jamoasidan ko'ra ko'proq bo'lgan. Tanlovimdan afus qilmayman. Dastlabki bir necha oy oson kechmagan, ayniqsa oilam va do'stlarim etishmasligi. Doimo vaqtni yolg'iz, o'yin amaliyoti etishmasligi, bulutli britan havosi va oshxonasida o'tkazganman. Oxir-oqibat men ulg'aydim. Kechqurun oltida kechki ovqatni eyish g'alati edi, uyda doim kechroq ovqatlanardim.

- “Yunayted”dagi davrni tez-tez eslab turasizmi? Qachondir qaytasizmi?

- Futbolda oldinni bilib bo'lmaydi. Doimo klubim “Barselona” ekanligini gapirib kelganman. Premer-ligaga kelsak, hamisha “Yunayted” uchun qayg'uraman. Hozir klubda do'stlarim bo'lgan Ander Errera va David De Xea bor. Jamoada o'ynagan paytimda sheriklarim bilan ajoyib chiqishardim. 18 yoshimda menga Ruud van Nistelroy, Rio Ferdinand va Ueyn Runi kabi yulduzlar g'amxo'rlik qilardi. Albatta, ajoyib edi, lekin hozir jahondagi eng yaxshi klubdaman. Ketishimga asos yo'q, bu erda o'ynashni doim orzu qilganman. Yaqindagina “Barselona” bilan shartnomani uzaytirdim. Biroq oldinda nima bo'lishini tasavvur qilolmaysan.

- Faoliyatingizga kim ko'proq tasir o'tkazgan: ser Aleks Fergyusonmi yoki Pep Gvardiola?

- Ular umuman turlicha insonlar va har ikkisi faoliyatimga tasir ko'rsatgan. Fergyusondan boshqa hech kimni bir jamoa boshqaruvida 27 yil tasavvur qilib bo'lmaydi. SHuningdek, kimdir Gvardiola kabi debyut mavsumida muvaffaqiyatga erishini aytish qiyin. Ularni taqqoslash mumkin emas.

- Fergyusondan eng esda qolarli saboqni qanday olgansiz? “Yunayted”ni seni cho'chitgan boshqa insonlar bo'lganmi?

- Kelganimdan keyin uni biror so'zini tushuna olmasdim. SHunchaki uning yuz ifodasi va gapirish ohangiga etibor berardim, chunki uni so'zlash lahjasi juda qo'pol edi. Manchester lahjasi tushunishga oson emas, biroq shotlandcha shunchaki dahshat! Lekin u meni cho'chitgan deya olmayman. Roy Kin umuman boshqa masala! “Old Trafford” kiyinish xonasidagi holatni eslayman. Menga qo'ng'iroq qilishdi va u shimimning cho'ntagida titrashni boshladi. Jimlik edi, lekin ovozni faqat Kin eshitdi. Bu uning jahlini chiqardi va kimning telefoni chaqirayotganini bilishga intila boshladi. 2013 yil “Seltik” bilan CHempionlar ligasi o'yinidan avval mashq paytida uni yana ko'rdim, Roy tahlilchi sifatida ishlayotgandi. Yuzimni to'liq berkitib oldim, u meni hamon cho'chitadi. 26 yoshda bo'lsam-da, ishtonimni ho'llab qo'yishimga oz qolgan!

- To'g'ri javob bering. Kim kuchli: Skoulzmi yoki Xavi?

- Voy, bunday qilish kerak emas. Xavi xalqaro maydondagi g'alabalari sabab kuchliroq, menimcha. Lekin har ikkisi texnik tomondan iqtidorli edilar. Skoulz – men ko'rgan eng yaxshi to'p oshiruvchilardan biri, Xavi ham shunday. Ular o'z klublarini gullatgan.

- “Yunayted”da kam o'ynagan bo'lishingizga qaramay, “Barselona” siz bilan shartnoma tuzishni xohlagani ajablantirganmi?

- Qaysidir manoda, ha. “Saragosa”da mavsumni juda yaxshi o'tkazgandim. Angliyada bunchalik ko'p o'ynay olmasdim. SHu sababli qaytishga imkon bo'lishi bilan bunga rozi bo'lganman.

- CHempionlar ligasini ketma-ket ikki marta yutgansiz. 2008 yil “Yunayted” bilan, keyin esa “Barselona” bilan. Keyingi muvaffaqiyat qanchalik farqli bo'lgan?

- Ular unutilmas mavsumlar bo'lgan. 2008 yilgi g'alabada maydonda ko'p vaqt harakat qilmagan bo'lsam ham. Muammo shundaki, sovrinlarni ketma-ket qo'lga kiritib, bunga ko'nikib qolasan. “Barsa”da ilk mavsumimda 6 sovrin yutganman. Sovrinsiz qolish qiyin va bunga yo'l qo'ymaslikka doim intilamiz.

- Gvardiolani murabbiy sifatida tariflab bersangiz.

- U juda etiborli va futbol bilan yashaydi. Sutkasiga 24 soat kuchli raqibga qarshi qanday hujum qilish yoki himoyalanish haqida o'ylaydi. U menga o'yinni tushunishda katta yordam bergan. Qanday o'ynash, malum vaziyatda to'g'ri qarorga kelishni o'rgatgan. Uni jahondagi eng yaxshi murabbiylardan biri deb o'ylayman. U kelgandan keyin hamma narsa o'zgargan.

-Mourino “Real”ni boshqarganda “El Klasiko” hamisha keskin o'tib, futbolchilarni quyushqondan chiqishga majbur qilardi. O'sha paytda ashaddiy raqiblar qarama-qarshiligini qanday tariflaysiz?

- Ikki kuchli jamoa keskinlikka yana yuk qo'sha olishdi. Albatta, ularning to'qnashuvida hamisha sportga xos bo'lmagan holatlar kuzatilgan. Mourino bilan keskinlik ortdi, u seni chegarangdan chiqishga majbur qilardi. Biz u doimo kuchli bosim ostida bo'lishini xohlardik.

-Sesk Fabregas “Arsenal” futbolchisi bo'lgan paytda jahon chempionatidagi g'alabani nishonlash chog'ida unga “Barsa” libosini uloqtirgansiz? Uning “CHelsi”ga o'tishi sizni hayron qoldirdimi?

- O'shanda yomon ish bo'lmagan. U men va Puyoldan salgina achchiqlandi, lekin oxiri barchasi o'rniga tushdi. Menimcha, u biz bilan ajoyib 3 mavsumni o'tkazdi. Uning “CHelsi”ga o'tishi shaxsiy qaroridir. Barcha Seskning “Barsa”ga sodiqligini yaxshi biladi. U ajoyib futbolchi, biroq bazida kelajagingga bog'liq qarorni qabul qilishda oson vaziyatga duch kelmaysan.

- Qachon “Uembli” darvozasi to'ri sizga kerakligini tushungansiz? Qaychini qaerdan olgansiz?

- Bu ishni Rimda 2009 yil CHempionlar ligasi finali va 2010 yil jahon chempionati finallaridan keyin amalga oshirgandim. Keyin bu men uchun odatga aylandi. Butsalarimni mixga ilganimda xotiralarni saqlash uchun o'ziga xos kollekciyam bor. O'sha tunda fizioterapevt menga qaychi bergandi. Ularning kichik sumkasida nimalar topilmaydi deysiz.

- Jahon chempionatidagi g'alaba ko'proq rohat berganmi yoki Evropa chempionatidagi?

- 2010 yil mundialdagi. Ispaniya hech qachon jahon chempionatini yutmagandi. Mamlakat uchun buni his qilish fantastik edi. Visente Del Boske meni ko'p yil shug'ullantirgan va bu g'alaba usiz mumkin emasdi.

- Braziliyada nima sodir bo'ldi?

- Biz ko'pchilik o'ylagan saviyaga chiqmadik. Jahon chempionatiga yaxshi jamoa bilan keldik, biroq bizda hammasi o'xshamadi. Xatolarimizdan xulosa chiqarib, ularni Evro-2016da takrorlamaslikka intilamiz.

- Xavi sizni kiyinish xonasida hazillar sardori deb atagan. Qaysi bir ishingiz alohida yodga olishga arziydi?

- Ulardan qay birini ajratib ko'rsatishni bilmayman. Odamlar o'tirishiga mo'ljallangan stullarni siljitib qo'yganman, telefon va boshqa narsalarni yashirganman. Yoshligimda hazillarim ko'proq edi.

- Sizni tez-tez jahon poker seriyasida ko'raman. Jamoadoshlaringiz uni o'rganishi uchun siz javob berasizmi?

- Bu juda intellektual o'yin. Raqiblarni hushyorlik bilan o'rganish talab etiladi, imkoniyatingni chamalab, qartalaringni tushunib, raqibda qanday qarta borligini bilishga urinasan. O'yinning eng yoqimli tarafi unda miyangni ishlatishingdir. Bu oddiygina xobbi. Kimdir tennisni yoqtiradi, boshqa birov golf o'ynaydi.

- O'yinlardan avval SHakiraning qo'shiqlarini tinglaysizmi?

- Yana qaysi qo'shiqni tinglashim mumkin? Bu eng yaxshi musiqa! Uning qo'shiqlari ajoyib, qo'shiq matni va kuylashga o'zini berishi shunchaki fantastik.

- Milan katta bo'lsa kim bo'ladi?

- Umid qilamanki, futbolchi. Lekin bilib bo'lmaydi. Qo'shiqchidan ko'ra futbolchi bo'lgani maqulroq. Ammo u o'zi istagan narsani tanlasa, bundan xursand bo'laman.

- O'tmishdagi yoki hozirgi qaysi himoyachi bilan birga o'ynashni istagan bo'lardingiz?

- Tanlov imkoniyati katta. Uni maydonda ko'rmaganman, lekin Franc Bekkenbaeur bilan birga o'ynash ajoyib bo'lardi. Ro'yxatda “Barsa” va “Real” afsonalari Ronald Kuman va Fernando Yerro ham bo'ladi. Rio Ferdinand va Nemanya Vidich kabi futbolchilar ham ajoyib, lekin Bekkenbauerning o'yinlarini videoda ko'rganimda hayron qolganman. U hujumda qatnashib, gollar urgan va jamoasining haqiqiy sardori bo'lgan. Qoyil qolarli.

- Bugungi kunda Kevin Devis bilan havoda kurash olib borishga tayyormisiz?

- Qanday o'yinni nazarda tutayotganingizni tushundim. Kevin hozir ham boshi bilan avvalgidek o'ynaydi. Unga qarshi turish qiyin. Lekin men himoyachiman va unga qarshi o'ynashga imkon topsangiz, meni uni bajaraman.


Behzod NAZAROV tayyorladi.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика