Xenderson: “Biz ideal o'yin namoyish etmadik”
15 avg 2019 07:47
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/512360_original.jpg)
![](/upload/storage/512360_220.jpg)
Xenderson: “Biz ideal o'yin namoyish etmadik”
“Liverpul” sardori “CHelsi”ga qarshi Evropa Superkubogi bahsidan so'ng fikrlari bilan bo'lishdi.
“Haqiqatda og'ir o'yin bo'ldi. To'pga egalik qilishga harakat qildik, ammo ko'p bora xatolikka yo'l qo'ydik. “CHelsi” — juda jiddiy raqib. Biz ideal o'yin namoyish etmadik, ammo hech narsa o'xshamagan taqdirda ham qo'limizni pastga tushirib, taslim bo'lmadik. SHaxsan Adrian uchun xursandman. U kechagina “Liverpul”ga keldi, bugun esa qahramonga aylandi. Endi esa g'alabani nishonlab, keyin APL doirasida “Sautgempton”ga qarshi o'yinga tayyorlanamiz”,—deydi Xenderson.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar