Xedira: "Faqat hujumkor futbol bilan musobaqada g'olib chiqib bo'lmaydi"
03 iyu 2014 00:39
Yangiliklar
Xedira: "Faqat hujumkor futbol bilan musobaqada g'olib chiqib bo'lmaydi"
Germaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Sami Xedira mundialda aqat hujumkor o'yin ko'rsatib holib chiqib bo'lmasligini aytib o'tdi.
Faqat hujumkor futbol bilan musobaqada g'olib chiqib bo'lmaydi. Biz 2010 yildagi chempionatda yaxshi himoyalanib, jamoaviy o'yinni yo'lga qo'ya olgandik. O'shandan beri biz bu ishni yaxshi amalga oshira olmayapmiz. Ko'p etiborni hujumga qaratib yuboryapmiz. To'g'ri, aynan hujumkor o'yinimiz evaziga juda ko'pchilik mehrini qozonganmiz. Lekin hozir faqat chiroyli o'yinni emas, ko'proq aqlli futbol ko'rsatib, nihoyat Jahon kubogini boshimiz uzra baland ko'tarish haqida bosh qotirishimiz zarur. Asosiy maqsadimiz chempionlik.
Fikrlar