So’nggi yangiliklar

09:56«Барселона»да «Реал»га қарши учрашувдан аввал катта йўқотиш бор  1 09:26«Верона»га қарши учрашувдан сўнг Шомуродов ўз фикрларини билдириб ўтди  2 08:58Улуғбек Бакаев: "Гол ўтказиб юборган вазиятимиз ва пенальти белгиланган вазият бўйича ҳам саволларим бор"  9 08:31Исломбек Исмоилов – истеъдодларга тўла жамоа билан мукаммал ишни бажаришга яқин: ОФК расмий саҳифаси Исломбек Исмоилов ҳақида катта мақола эълон қилди  5 08:03Sofascore. Жамоасига ғалаба тақдим этган Шомуродов неча баҳога лойиқ кўрилди?  3 07:37Суперлига. Бугун Олмалиқ ва Андижонда ўйинлар бор  5 07:05U-17 Осиё кубоги. Бугун ФИНАЛ!  23 02:35Асрор Алиқулов: "Рақибда 65-70 дақиқалардан сўнг бўшлиқлар пайдо бўлишини кутгандик"  1 02:14Анвар Бердиев: "Ўйин битта голгача бўлди, уни эса "Машъал" урди"  5 02:00Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда 90+3 дақиқада тўп ўтказиб юборган ҳолда аутсайдерлардан бирига мағлуб бўлди  7 01:38А Серия. Шомуродовнинг голи "Рома"га "Верона" устидан ғалабани тақдим этди  40 01:36"Насаф" "Жар"да "Бухоро"ни мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 01:25Лига 1. ПСЖ яна ғалаба қозонди. Жамоа 29 ўйиндан буён мағлуб бўлмаяпти (+жадвал)   2 00:50Суперлига. "Пахтакор" йирик, "Насаф" ишончли, "Машъал" эса минимал ҳисобда ғалаба қозонди  0 00:10"Бавария" Бундеслиганинг охирги ўринларида бораётган жамоа устидан йирик ғалабани қўлга киритди  1

Xebay CHeran erasiga barham beradimi? Superligada kim "snayper" bo'ladi? Yangiliklar

Xebay CHeran erasiga barham beradimi? Superligada kim "snayper" bo'ladi?

Superligada chempionlik va jon saqlash yo'lidagi imkoniyatlar haqida batafsil fikr yuritdik. Endilikda navbat to'purarlar poygasiga etib keldi

Aytish mumkinki, bu borada ham intriga juda yaxshi ketmoqda. Garchi mavsum tugashiga 5ta tur qolgan bo'lsada, kim to'purar bo'lishi so'roq ostida turibdi. 

Rubin Xebay ("Andijon") 11 (1) ta gol

"Andijon"ning bu yilgi tom manodagi topilmasi va Superliga kashfiyoti albaniyalik hujumchi bo'ldi, deya olamiz. Xebay "Nasaf" bilan ilk o'yindayoq g'alaba goliga assistentlik qildi. "Surxon" bilan o'yindagi qizil kartochkadan so'ng hujumchi ketma-ket 7ta o'yinda golli seriya qayd etdi. Bu mavsum eng uzoq golli seriya qayd etgan ham Xebay bo'ldi. Uning hisobida hozircha 11ta gol mavjud. Xebay joriy mavsum Superliganing 8ta jamoasi darvozabonlarini xafa qila oldi. Bundan eng ko'p jabr ko'rgan jamoalar "Metallurg" (3ta) va "Paxtakor" (2ta) bo'ldi. Agar Xebay bu yil to'purarlar poygasida birinchilikni hech kimga bermasa, CHeranning ketma-ket 4 yillik seriyasiga barham bergan bo'ladi

"Andijon"ning navbatdagi o'yinlari:

22-tur. "So'g'diyona" - "Andijon"

23-tur. "Andijon" - OKMK

24-tur. "Qizilqum" - "Andijon"

25-tur. "Turon" - "Andijon"

26-tur. "Andijon" - "Buxoro"

Dragan CHeran ("Paxtakor") 11 (4) ta gol

Aftidan CHeran bu yil ham to'purarlik annasini davom ettirmoqchi. Serbiyalik forvard 36 yoshda butsalarini mixga ilishni emas, to'purarlikni o'ylamoqda. Jarohat sabab safdan chiqqan CHeran qachon qaytishi borasida aniq xabarlar yo'q. SHu omil ham unga bu yilgi mavsumni poygada birinchi bo'lishiga to'siq bo'lishi mumkin. Bundan esa qolganlar foydalanib ketishi hech gapmas. CHeran 11ta golini Superliganing 8ta jamoasiga urdi. Eng ko'p "Metallurg" (3ta) va "Navbahor" (2ta) darvozalarini ishg'ol qildi. Aytish mumkinki, forvard so'nggi 4 yilda har mavsumni 15tadan kam gol urmagan holda yakunlagan. 

2019. 23ta gol 

2020. 20ta gol. 

2021. 16ta gol. 

2022. 20ta gol 

"Paxtakor"ning keyingi o'yinlari:

23-tur. "Paxtakor" - "Turon" 

22-tur. "Buxoro" - "Paxtakor" 

24-tur. "Paxtakor" - "Nasaf"

25-tur. "Surxon" - "Paxtakor"

26-tur. "Paxtakor" - "Bunyodkor"

Silvanus Nimeli ("Surxon") 10ta gol

To'purarlar jadvalida bu yil legionerlar hokimlik o'rnatgani sir emas. Silvanus Nimeli yuqoridagi hamkasblaridan qolishmaslikka harakat qilmoqda. Umuman so'nggi ikki mavsumda termizliklar safida legionerlar asosiy "snayper" vazifasini bajarib kelyapti. O'tgan yili Ruben Sanches Peres 8ta gol bilan jamoasining to'purari bo'lgan edi. Nimelida ham to'purarlik uchun imkoniyat mavjud. Uni Xebay va CHerandan 1ta gol ajratib turibdi. Legioner forvard Superligada 8ta jamoa darvozasining to'rini titratdi. OKMK va "Nasaf"ga ikkita o'yinda ham gol urdi. 

"Surxon"ning navbatdagi o'yinlari:

22-tur. "Neftchi" - "Surxon"

23-tur. "Surxon" - "Navbahor"

24-tur. "Metallurg" - "Surxon"

21-tur. "Surxon" - "Olimpik"

25-tur. "Surxon" - "Paxtakor"

26-tur. "So'g'diyona" - "Surxon"

Oston O'runov ("Navbahor") 8(2)ta gol

Oston O'runov yana avvalgi formasiga kirib olgani xursand qilmoqda. Yarim himoyachi bo'lishiga qaramay "Navbahor" tarkibida 8ta gol urishga erishdi. Unga etakchi bo'lib olishi uchun yana 4ta gol kerak. Mavsum yakunida raqobat yanada qizishini hisobga olganda, Ostonga oson bo'lmaydi. 2023 yilda futbolchi 8ta golini 4ta jamoa darvozasiga kiritgan. Oston "Turon" (3), "So'g'diyona" (2) va "Bunyodkor" (2), "Olimpik" (1) darvozabonlarini ranjitishni uddasidan chiqa oldi. 

"Navbahor"ning navbatdagi o'yinlari:

23-tur. "Surxon" - "Navbahor" 

22-tur. "Navbahor" - "Nasaf" 

24-tur. "Navbahor" - "Bunyodkor" 

25-tur. "Olimpik" - "Navbahor"

26-tur. "Navbahor" - "Neftchi"

Islom Kenjaboev ("Qizilqum") 8ta gol

"Qizilqum"ning so'nggi 5ta o'yinda SHulaya, Kenjaboev, G'iyosov triosi katta hajmdagi ishni bajarib berdi. Islom Kenjaboev ikkinchi davrada ketma-ket 5ta o'yindan beri raqiblar darvozasiga yo'l topib kelyapti. Agarda navbatdagi o'yinda ham gol ursa, CHeranning bu yilgi golli seriyasini takrorlaydi. Islom Kenjaboev joriy mavsum Superligada faoliyatidagi eng yaxshi natijani qayd etib bo'ldi (8ta gol). U so'nggi bor 2020 yil "Nasaf" tarkibida 5ta gol urgan edi. Bu albatta shaxsiy ko'rsatkichlardir. 

"Qizilqum"ning navbatdagi o'yinlari:

23-tur. "Olimpik" - "Qizilqum"

24-tur. "Qizilqum" - "Andijon"

25-tur. "Neftchi" - "Qizilqum" 

26-tur. "Qizilqum" - "Turon"

Superliganing 2023 yilgi to'purari kim bo'ladi?

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика