So’nggi yangiliklar

01:45ЖЧ-2026 саралаши. Германия мағлуб бўлди, Нидерландия дуранг ўйнади ва бошқа натижалар билан танишинг  7 01:20Валерий Карпин: "Иорданиядан бунақасини кутмагандик"  9 00:51Родри: "Бу жароҳат менинг фаолиятимни узайтирди"  0 00:33Даниэль Леви 24 йилдан сўнг "Тоттенхэм"дан кетди  1 00:03Ўртоқлик учрашуви. Россия - Иордания ўйинида голлар урилмади  5 23:51Фаррух Сайфиев Расул Чориевнинг ҳолидан хабар олди  12 23:31Ўртоқлик учрашуви. Саудия Арабистони Шимолий Македония термасини мағлуб қилди  0 23:09Ўзбекистон терма жамоаси Қирғизистонга қарши ўйин олдидан машғулот ўтказди ГАЛЕРЕЯ  4 22:51Эрон "CAFA Nations Cup-2025" финалига йўлланма олди  8 22:15Килиан Мбаппе: "Бизга дам керак"  6 21:51Трентнинг "Реал"га ўтганига бўлган муносабат Майкл Оуэнга ёқмади  1 21:25Элдор Шомуродов: "Ниятимиз финалга чиқиб, чемпион бўлиш"  14 20:59ЖЧ-2026 саралаши. Қозоғистон ўз майдонида Уэльсга имкониятни бой берди  14 20:40"Насаф" назорат ўйинида "Шўртан"га икки марта ютқазди  2 20:20МЮ "Атлетико" футболчисини ижарага олмоқчи бўлган, аммо рад жавобини олган  0

Xayrulla Xoliqov kichik mundiallarni talab qildi. Menda etiroz bor Yangiliklar

Xayrulla Xoliqov kichik mundiallarni talab qildi. Menda etiroz bor

Xullas, hammasiga qitmirligim sabab (: ...ammo yaxshilikka.

Bugun hamkasbim Xayrulla Xoliqovning “Munosabat. O'FFning yangi prezidenti nimalarga etibor qaratishi kerak”, degan maqolasi chiqdi. Yaxshi yozilgan, undagi barcha fikrlarga qo'shildim. Bittasidan tashqari.

Qo'shilmagan joyimdan parcha keltiraman: “Yangi rahbar oldida avvalo respublikamiz bo'ylab bolalar va o'smirlar futbolini ko'tarish, ayollar futboliga etibor berish, o'smirlar va yoshlar terma jamoalarimizning muntazam jahon chempionatlarida ishtirokini taminlash, hali bajarilmagan vazifa - Olimpiada o'yinlari va Jahon CHempionatiga chiqish kabi vazifalarni hal etish turadi”.

Futbol jurnalistikasida faoliyat ko'rsatishni boshlaganimdan buyon o'z principlarimga ko'ra ish tutaman. Bunda bolalar futbolidan natija talab qilish degan tushunchaning o'zi yo'q. Istardimki, mamlakat futbolining keyiniga shunday princip begona bo'lmaydi.

Balki Xoliqovning o'zlari ham bolalar futbolidagi natijalarga qarshi bo'lsalar ajab emas. SHunday bo'lsa, o'smirlar va yoshlar termalarining tinimsiz kichik mundiallarda o'ynashini talab qilishlari tushunarsiz. SHu erda eslatib o'tish kerak, o'smirlar futboli bolalar futbolining intixosi, yoshlar futboli esa katta futbolning ibtidosidir. Biz ortda qolgan yillar davomida mana shu ikki front ishini noto'g'ri yo'lga qo'ydik.

O'ylaysizki, so'nggi 2-3 yilda yoshlar va o'smirlar JCHga chiqa olmagani O'FF yomon ishlaganidan darak beradimi? O'FF yaxshi ishlamadi degan fikrni ilgari surganim holda aytamanki, uning yomon ishlaganini bu mezon bilan o'lchamayman. CHunki bu yuqorida aytganim principga qarshi borishim demakdir. O'z vaqtida o'smirlar va yoshlarimiz ketma-ket mundiallarga borgan vaqtlar ham bo'ldi. Faqat sizga savol: bundan bir ish chiqdimi?

Meksika qahramonlarini elkaga oldik, keyingilarini boshga chiqardik. Ammo ular orasidan aqalli Rossiya Premer-Ligasiga tortadigan futbolchi chiqqani yo'q. Mamlakatning bugungi kundagi eng yaxshi futbolchisi Odil Ahmedov esa kichik mundialda o'ynamagan. SHugina misolning o'zi etarli emasmi?

Eski rahbariyat o'smirlar va yoshlar murabbiylaridan natija talab qilgani uchun ham yoshini kichiklashtirgan futbolchilar ko'payib, futbol tag-tomiridan uzila boshladi. Ubaydullaev bilan Misrga borgan Ivan Nagaev hozir qaerda-yu, u bilan tengdosh bo'lgan Starrij qaerda? Axir biz JCHda inglizlar bilan durang o'ynamaganmidik? Geynrix, Zeytullaev kabilar Inesta, Maskeranolarga qarshi o'ynagan, ammo farqi bor ularning, to'g'rimi? Musaev yigitlari JCHda chorak finalga chiqqandir. Lekin nima foyda borki, agar Franciya, Urugvay kabi termalar indamay 4 talab gol urib tashlasa? Baribir farqimiz yaqqol ko'rinib turibdi-ku.  

Nima demoqchiman. Bu kabi natijalar milliy terma uchun sariq  chaqalik ahamiyatga ega emasligini biz ortda qolgan 8 yilda ko'rib bo'ldik. Marat Kabaevning 1991 yilda tug'ilgan futbolchilari JCHda o'ynamasa ham, tayinli futbolchilar sonida ularning ko'rsatkichlari Misrda o'ynagan 89 larnikidan yaxshiroq. O'zimizcha yoshlar futbolida sherga o'xshab qichqirib, katta futbolda mushukcha bo'lganimizdan ko'ra, keling, kichik mundiallarni planka deb olmaylik. Mayli, Nuralievning hozirgi o'smirlari bormasin JCHga, ammo tarkibidan kamida 6-7 nafar saviyali yigitlar chiqsinki, biz katta futbolda Eron yoki Janubiy Koreya oldida qaltirab turmaylik. Yoki o'sha variant - JCHda chorak finalgacha boraylik-da, 6-7 yildan keyin shu futbolchilarni Oliy Ligadan ham topa olmay yuraylik.

Muallif :
Reyting: +61   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика