So’nggi yangiliklar

12:46"Олтин тўп"га даъвогарларнинг янгиланган рейтинги эълон қилинди. Ким фаворит?  0 12:15Гвардиола Де Брюйненинг хайрлашув ўйини ҳақида: "Кевин сотиб олиб бўлмайдиган чексиз муҳаббатга эришди"  1 11:48"Ал Иттиҳод"нинг асосий трансфер мақсади аниқ: Клуб АПЛ юлдузи учун 120 млн евро тўламоқчи  0 11:20Гарначо: "Финалгача ҳар босқичда майдонга тушдим, жамоага ёрдам бердим ва бу ўйинда 20 дақиқа ўйнадим..."  4 10:58Варди фаолиятини АПЛнинг бошқа жамоасида давом эттириши мумкин  1 10:31МЮ барча даврларнинг антирекордини такрорлади  8 10:05Сон Хён Мин илк совринини қўлга киритганидан сўнг йиғлаб юборди  8 09:37Расман: “Барселона“ Флик билан шартномани узайтирди  3 09:08Ангелос Постекоглу: “Мен ҳали ҳам нима бўлганини тушунишга ҳаракат қиляпман“  8 08:40Sofascore. “Ал Фейҳа“ мағлуб бўлди, Шукуров эса  2 08:12Аморим кечаги мағлубиятдан сўнг нималар деди?  13 07:45Sofascore. Финални энг ёмон ўйинчиси ким бўлди?  5 07:17Европа лигаси. Финалнинг учрашувнинг "man of the match"и маълум  13 01:59"Тоттенхэм" "Манчестер Юнайтед"ни мағлуб қилиб, Европа лигасида ғолиб чиқди! Энди лондонликларда ҳам соврин бор!  98 01:58"Сирдарё ФА" бош мураббийи Аббос Махсталиев: "Мақсадимиз – академия ёшларига имконият бериш"  7

Xayrulla Abdiev: “Oldimizga elitaga chiqish vazifasi qo'yilgan” Yangiliklar

Xayrulla Abdiev: “Oldimizga elitaga chiqish vazifasi qo'yilgan”

Teglar :  ObodXayrulla Abdiev
Kecha birinchi liganing 5-turidan o'rin olgan “UzDongJu” – “Obod” (1:1) uchrashuvi yakuniga etgach har ikki klub bosh murabbiyining fikrlari bilan qiziqdik.

Dastlab mehmonlar jamoasi katta murabbiyi Xayrulla Abdievga yuzlandik.

- O'yin haqida nima deyish mumkin? Raqibimiz “UzDongJu” yaxshi shakllangan jamoa ekan. Bugun ular o'z maydonida yutishga intildi. Lekin bizning futbolchilar ham ijobiy natija bilan ortga qaytish maqsadida astoydil xarakat qilishdi. Nazarimda yakuniy natija o'yinga mos bo'ldi – deya gap boshladi Abdiev.

- Ikkinchi taymda muxlislar yanada shiddatli o'yinga guvoh bo'ldi deb o'ylayman. Har ikki jamoada ham yana gol urish uchun imkoniyatlar bo'ldi. Ayniqsa bizning futbolchilarda bir nechta qulay vaziyatlar tug'ilgandi. Ammo omadimiz kelmadi.

- Birinchi bo'lib hisobni ochganimizdan so'ng yigitlar o'zlarini biroz bo'shashtirib yuborishdi. Natijada mezbonlar ham ko'p o'tmay javob to'pini kiritdi. Qolaversa “UzDongJu” hisobni tenglashtirganidan so'ng asosan qarshi hujumda o'ynagani sababli ham yana gol urishimiz qiyinlashib bordi.

- Oldimizga elitaga chiqish vazifasi qo'yilgan. Ayni damda shunga xarakat qilmoqdamiz. Bu borada “Obod”ga “Oq-tepa” yoki “Xorazm” sherik bo'ladi deb o'ylayman.


Islombek Rustambekov suhbatlashdi.


Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика