Xayr, kichik sehrgar. Nega biz Uesli Sneyderni unutmaymiz?
21 avg 2019 16:00
Yangiliklar
Xayr, kichik sehrgar. Nega biz Uesli Sneyderni unutmaymiz?
Uesli Sneyder faoliyatini yakunlagani haqida elon qildi. "Utrext" bilan shartnoma imzolagan yarim himoyachi bir qancha vaqt o'tib fikridan qaytdi va butsalarini mixga ildi. 35 yoshga to'lgan Sneyder yana bir necha mavsum to'p tepishi mumkin edi, ammo uning faoliyati yakuniga etib bo'lgandi. Unga dahshatli mavsum uchun "Oltin to'p" berishmaganida hammasi tugagan. Qolgan hammasi qisqa muddatli portlashlar bo'ldi.
Sneyder 2010 yilda o'zining eng yaxshi o'yinini ko'rsatdi. Nega o'shanda "Oltin to'p"ni CHempionlar ligasi g'olibi va JCH vice-chempioniga emas, balki va LaLigada zafar quchgan Leo Messiga berishgani tushunarsiz. Umuman olganda bu juda alamli va tushuntirib bo'lmaydigan hikoya.
Sneyder Joze Mourinyu qo'l ostidagi o'ta kuchli "Inter"ning bir qismi bo'lgan. Tarkibda Diego Milito, Kambyasso, Zanetti va Materaccilar bo'lgan.
Gollandiyalik barcha turnirlarda o'z jamoasining etakchisi bo'lgan. CHempionlar ligasida "CHelsi"ni "ko'mdi", "Barselona"ga "eshikni yopdi". O'shanda hech kim Messini maydonda ko'rmadi... Finalda "Bavariya"ga hech qanday imkoniyat berilmadi. Uesli golli pas berdi va faoliyatidagi asosiy g'alabani nishonladi. SHu turnirning o'zida u "Oltin to'p"ga munosib ish qilgandi, ammo o'sha yil jahon chempionati ham o'tkazildi.
Sneyder Gollandiyani finalgacha olib chiqdi. Beshta gol, chiroyli o'yin va etakchilik sifatlari - Ueslining o'sha yillardagi asosiy xotiralariga aylandi. Gollandiyalik chorak finalda o'zining sehrli boshi bilan Braziliya terma jamoasi darvozasiga gol urdi. Ertak finalda yakuniga etdi, ammo bunday mavsumni juda kamchilik takrorlay olishi mumkin. Umuman olganda u hammani hayron qoldirdi, biroq sayyoramizning eng yaxshi futbolchisini aniqlaydiganlar hammaning safiga kirmasa kerak. Sneyder xatto kuchli uchlikka ham kirmadi! Futbolchi buni haqoratdek qabul qildi.
"Manchester Yunayted"ga "yo'q" dedi
Buyuk "Inter"ni boshqa ko'rmadik. Mourinyu maksimal natijaga erishib, veteranlar jamoasini tark etdi. Sneyder boshqa hech qachon 2010 yildagi darajaga yaqin kelmadi, ammo bunga faqat yo'qolgan motivaciya emas, balki charchoq ham sabab bo'lgan. Gollandiyalik so'nggi intervyuda faoliyatining so'nggi sakkiz yilida nega jon berib futbol o'ynamaganini tushuntirdi.
"Buni yakunlash vaqti keldi. Etti yoshdan beri futbol o'ynayman. Hech qachon erkin inson bo'lmaganman. SHanba va yakshanba kunlari dam olish, tug'ilgan kunni nishonlash yoki dafn marosimlariga borish uchun vaqt bo'lmagan. Futbol qonimda bor, ammo qiladiganimni qilib bo'ldim".
Sneyder bu so'zlar bilan hammasini ochiqchasiga tushuntirdi. Buyuk yarim himoyachining baxti va tragediyasi. Uesli "Oltin to'p" voqeasidan so'ng "Manchester Yunayted"da faoliyatini qaytadan qurishi mumkin edi. 2012 yilda shaxsan Aleks Fergyusonning o'zi gollandiyalik sehrgarni MYUda ko'rishni istagan va uni Robin van Persi bilan tandem bo'lishini tasavvur qilgan, ammo transfer amalga oshmadi. Hamma Uesli MYU yoki biror top-klubni tanlashini kutgandi, biroq gollandiyalik pul ketidan Turkiyaga yo'l oldi. Xotirjam hayot muhimroq.
Pul va tinchlik
Sneyder so'nggi yillarda faqat pul ishladi. Tug'ri, Turkiyada u bazida mahoratini ko'rsatar edi, biroq daraja avvaligek bo'lmadi. Istanbulda gollandiyalikni yaxshi ko'rib qolishdi, ammo futbolchi bunga shunchaki ishdek qaradi. Buyuk pleymeyker shunchaki shartnomasi yakunlanishini kutdi. Uesli 2017 yilda yana yuqori saviyaga qaytishni istab qoldi va "Nicca"ga o'tdi. Biroq Franciyada u avvalgi o'yinchi emasligini tushunib etdi. Keyin u Qatarga yo'l oldi.
Ijodkor futbolchi uchun maydonda vaziyatlar yaratib, jamoa uchun kerakli ekanligini his qilish muhim. Uesli so'nggi sakkiz yilni xuddi zerikarli ofisdagi ishga borgandek o'tkazdi.
Meros
Biz gollandiyalikning so'nggi sakkiz yildagi o'yinini emas, balki 2010 yildagi fantastik harakatlarini eslaymiz. U so'nggi klassik pleymeykerlardan hisoblanadi. Biroz dangasa, ammo yaxshi o'yini uchun hamma narsani kechirish mumkin. O'nlab yillardan so'ng uning Turkiya va Qatardagi sayoxatlari unitiladi, biroq JCHdagi gollari hamda CHempionlar ligasidagi muvaffaqiyati doimo yodda qoladi. Uesli qo'lidan kelgan hamma ishni qildi, ammo bir kuni uning individual mahoratiga etarlicha baho bermasliklarini tushunib etdi. Sneyder to'p tepishdan charchadi.
Fikrlar