Xavi:"Real"ning ketma ket uch marta YCHL sovrinini olganidan "Barselona"ning bir mavsumdagi trebli qadrliroq"

Mirjalol Normatov
4 noya 2018, 12:43
"Barselona"ning sobiq yarim himoyachisi Xavi kataloniyaliklarning ushbu mavsumdagi ishtiroki haqida gapirdi.

"Al Sadd" futbolchisining fikriga ko'ra, "Barselona" bu mavsumda Ispaniya chempionati, Qirol Kubogi va YCHL sovrinini qo'lga kirita oladi.

"Barselona" uchun tajovuzkor g'oyalar shart emas. Biroq Valverde qo'l ostidagi futbolchilari bilan qatnashayotgan barcha turnirlarida g'alaba qozonishlari kerak. Bir mavsumdagi trebl esa "Real"ning ketma ket uch marta YCHLni yutganidan ko'proq qadrlanadi. "Barselona"ning o'yinida tartibsizlik yo'q, "Real"da esa aksincha. Buni biz so'nggi "El Klasiko"da ham ko'rdik", - dedi Xavi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Football Espana