Xavining "Barselona"ga tayinlanishi mumkin bo'lgan sana malum bo'ldi
03 noy 2021 20:15
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/666725_original.jpg)
![](/upload/storage/666725_220.jpg)
Xavining "Barselona"ga tayinlanishi mumkin bo'lgan sana malum bo'ldi
"Barselona" Xavini jamoaga bosh murabbiy etib tayinlashga yaqin turibdi.
Jurnalist Nikolo Skira o'zining Tvitter sahifasida kataloniyaliklar Qatarning "Al-Sadd" klubiga murabbiyni qo'lga kiritish uchun bir million evro tovon puli to'lashiga rozi bo'lganini yozdi.
SHu bilan birga, yana bir jurnalist Mateo Moretto Tvitterda "Barselona" Xavini kelasi dushanba, 8 noyabr kuni tayinlashni rejalashtirayotgani haqida yozdi. Yosh mutaxassisning shartnomasi 2023/2024 yilgi mavsum oxirigacha amal qiladi.
Ayni damda "Barselona"ni vaqtincha Serxi Barxuan boshqarmoqda. Uning qo'l ostida kataloniyaliklar shanba kuni "Selta"ga qarshi o'yin o'tkazadi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar