Xavi: "Unga tegmang, golini qanday istasa, shunday nishonlasin"
17 sen 2022 11:09
Yangiliklar
Xavi: "Unga tegmang, golini qanday istasa, shunday nishonlasin"
"Barselona" ustozining fikriga ko'ra, Vinisius gollarini o'zi istagancha nishonlashga haqqi bor.
Xabaringiz bor, "Real" Ispaniya chempionati 6-turida "Atletiko" bilan ro'baro keladi. "Roxiblankos" sardori Koke braziliyalik mabodo gol ursa va uni o'zgacha raqs orqali nishonlasa muammo bo'lishini aytgandi.
"Har kim golini o'zi xohlaganidek nishonlaydi. Hurmatni unutmasdan, istagancha nishonlash mumkin. Bu borada cheklovlar ahmoqgarchilik.
Men gol urganimda jamoadoshlarim bilan nishonlardim, sababi men uchun futbol – jamoaviy o'yin", – dedi Xavi.
Fikrlar