Xavi: "Umid qilamanki, "JCH-2014 finalida Braziliyadan revansh olamiz"
04 fev 2014 13:38
Yangiliklar

Xavi: "Umid qilamanki, "JCH-2014 finalida Braziliyadan revansh olamiz"
Ispaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Xavi, Konfederaciyalar kubogi finalidagi yirik hisobdagi mag'lubiyat (0:3) uchun Jahon CHempionatida Braziliyadan revansh olish niyatida.
– Umid qilamanki, bu safar ular ustidan g'alaba qozonamiz. Balki finaldadir. Albatta, hamma narsa bo'lishi mumkin. Axir bu jahon chempionatiku. Guruhimiz ham kuchli. Ularniki ham oson guruhmas.
Nima bo'lgan taqdirda ham futbolda revansh uchun har doim imkoniyat bo'ladi. Umid qilamanki, bizning holatimizda bu narsa jahon chempionatida va iloji boricha finalga yaqin bo'lishini istardim", dedi Xavi.

Fikrlar