Xavi: O'zbekiston 1/8 finalda Avstraliyaga yutqazadi, Qatar chempion bo'ladi
01 jan 2019 12:35
Yangiliklar
Xavi: O'zbekiston 1/8 finalda Avstraliyaga yutqazadi, Qatar chempion bo'ladi
"Al Sadd" klubi azosi Xavi Ernandes Osiyo Kubogi oldidan o'z taxminlarini bildirdi.
Ispaniyalik futbolchi O'zbekiston terma jamoasi o'z guruhida 2-o'rinni egallashini taxmin qildi. Uning taxminiga ko'ra Avstraliya ham o'z guruhida Suriyadan keyin 2-o'rinni egallaydi va O'zbekiston bilan 1/8 finalda to'qnash keladi.
Bu o'yinda Avstraliya g'alaba qozonadi deb hisoblamoqda Xavi.
Uning taxminiga ko'ra finalga Yaponiya va Qatar etib boradi. Hal qiluvchi bahsda Qatar g'olib bo'ladi.
Eslatib o'tamiz, BAAda o'tadigan Osiyo Kubogi 5 yanvar kuni start oladi.
Fikrlar