Xavi Laportaga vada berdi: "Barsa" keyingi yil "Bavariya" darajasiga chiqadi"
09 dek 2021 23:01
Yangiliklar
Xavi Laportaga vada berdi: "Barsa" keyingi yil "Bavariya" darajasiga chiqadi"
"Barselona" klubi bosh murabbiyi Xavi jamoa prezidenti Joan Laporta bilan Myunxendan qaytish jarayonida suhbatlashib kelgan. As nashri bergan malumotga qaraganda, ikki mutaxassis uzoq vaqt o'zaro fikr almashishgan. Yakunda esa murabbiy va prezident "Barsa" hozirda Evropaning kuchli klublariga raqobat qila olishga qodir emas degan umumiy bir qarorga kelishgan. Ular "Bavariya" hozirda "Barselona"dan ikki yoki uch karra kuchli deb hisoblashgan.
Xavi suhbat davomida xafsalasi pir bo'lganini, ammo jamoani avvalgi holiga qaytarish uchun borini berishini aytgan. SHu bilan birga, murabbiy "Barsa" prezidentiga shunday vada bergan: "Barsa" keyingi yil "Bavariya" darajasiga chiqadi".
Prezident ham murabbiy bilan hamfikr bo'lgan va jamoani kuchaytirish yo'lida barcha ishni qilishini bildirgan. "Barselona" iloji boricha tezroq kuchli tarkib yig'ishga kirishadi.
Fikrlar