Xavi: Hech nima o'zgarmaganini har tur takrorlashdan charchadim
13 apr 09:28
Yangiliklar
Xavi: Hech nima o'zgarmaganini har tur takrorlashdan charchadim
Barselona ustozi Xavi har turdan avval bir xil savolga javob berishdan charchaganini malum qildi.
«Hech nima o'zgarmaganini har tur takrorlashdan charchadim. Agar xohlasangiz, savolni o'zgartiring.
Hozir hammasi ijobiy holatda. Men klub manfaati uchun dinamikani o'zgartirishni istayman. Boshqa hech narsa qilmadim. Qarorim o'zgarmaydi" — deb javob berdi Xavi navbatdagi matbuot anjumanida.
Eslatib o'tamiz, Xavi yanvar oyida yozda «Barselona»dan ketishini elon qilgandi. SHundan so'ng Kataloniya klubi 12 ta uchrashuvda ishtirok etib, 9 ta g'alaba va 3 ta durang qayd etdi.
Avvalroq «Barselona» rahbariyati murabbiyni jamoada saqlab qolish uchun maksimal darajada harakat qilishlarini haqida xabarlar tarqalgandi.
Fikrlar
Анчелотти эҳтиёткорлик қиламан деб Сити билан дурранг ўйнади, ҳозирги Ситини Реал ҳам, Барсаҳам йирик хисобда ютолади, қўрқмасдан ўйнашса.