Xavi: "Dembele futbolchi sifatida menga yoqadi"
31 iyu 2022 23:27
Yangiliklar


Xavi: "Dembele futbolchi sifatida menga yoqadi"
"Barselona" bosh murabbiyi Xavi Usmon Dembele haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Dembele haqida yana nima deyishni bilmayman. U menga futbolchi sifatida yoqadi. Men unga o'xshaganlarni ko'p ham ko'rmayapman. Usmon yana gollar ursa, juda zo'r.
Adashmasam, biz bu erga kelganimizdan keyin u La Ligadagi eng yaxshi asistent bo'ldi", – dedi Xavi.
Avvalroq Dembele "Barselona" o'yinchilaridan o'zini sardor etib tayinlashlarini so'ragandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar