Xavi bugun faoliyatidagi so'nggi o'yinni o'tkazadi

Alisher
20 may 2019, 16:05
"Al-Sadd" yarim himoyachisi Xavi bugun futbolchi sifatida faoliyatidagi so'nggi o'yinni o'tkazadi.

- Bolaligimdagi birinchi qadamni qo'yganimni eslayman. Men 39 yoshdaman va hali ham futbolni bolalardek lazzatlanib o'ynayman. Bu yo'lda men bilan birga bo'lgan va hayotimning bir qismi bo'lgan hammaga rahmat aytib qolaman. Men navbatdagi o'yinda o'zgacha tuyg'ular bilan to'p tepaman, - deydi Xavi o'zining Instagram sahifasida.

Eslatib o'tamiz, "Persepolis" va "Al-Sadd" o'yini bugun Toshkent vaqti bilan soat 21:30 da boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: instagram.com/xavi