Xavi: "Barselona"da Gvardiolaning Messisi bor edi, "Man Siti"da esa De Bryuyne"

Aslanov Jasurbek
29 dek 2017, 13:50
"Barselona" sobiq yarim himoyachisi Xavi "Manchester Siti"ning Xosep Gvardiola qo'l ostidagi muvaffaqiyatiga izoh berdi.

"Manchester Siti" - ahil jamoa. Ular jamoadek g'alaba qozonishmoqda. Ammo har qanday klub o'zgacha futbolchiga muhtoj. "Barselona"da Pepning Messisi bor edi, "Manchester Siti"da esa bu De Bryuyne. Har safar to'p unda bo'lganida Kevin o'zgacha harakat qilishga urinayotgandek tuyuladi.

U ko'rsatayotgan o'yin o'ziga maftun qiladi. O'tgan mavsum Gvardiola APLga ko'nikishi kerakligini aytishdi, ammo u rozi bo'lmadi. Endi "Manchester Siti" Premer-liga tarixidagi eng yaxshi o'yinni ko'rsatmoqda" - deydi Xavi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Goal