So’nggi yangiliklar

09:40"У яқин кунларда келишини эшитдим. Барчаси душанба куни ҳал бўлади" — МТЖ мураббийи Каннаваро ҳақида  2 09:16Каннаваро Ўзбекистон терма жамоасида Европанинг кучли терма жамоалари мураббийларидан кўра кўпроқ маош олади  13 08:30Клейди Даци: "Биз учун энг муҳим нарса - кўпроқ очко тўплаш"  0 08:02Суперлига. Бугун 3 та учрашув бор  2 07:32Постекоглуга сўнгги имконият берилди  4 07:10Суперлига. ОКМК – "Қўқон-1912" 0:1   1 01:33"Спорт-Экспресс": Каннаваро Ўзбекистон терма жамоасида Дешамдан кўп маош олади  48 01:00Аргентина термасининг октябрь ойидаги ўртоқлик ўйинлари учун қайдномаси эълон қилинди  2 00:36Англияда рекорд ўрнатган мураббий МЮни текинга бошқаришга тайёр  3 00:17Франческо Тотти: "Фақатгина "Рома" бунга қодир бўлса керак"  1 23:48Никки Батт: "Манчестер Юнайтед"даги ҳолатни Пеп ва Клопп ҳам ўнглай олмайди"  3 23:26ЛаЛиганинг сентябрь ойидаги энг яхши футболчиси эълон қилинди  2 23:05Суперлига. "Хоразм" – "Навбаҳор" 1:1  0 22:53Миржалол Қосимов: "Бугун тўп билан муомала қила олмадик"  2 22:26Баҳром Ҳайдаров: "ОКМКдек жамоани ютиш биз учун катта шараф"  3

Xavi: "Barselona" kam o'yin amaliyoti berilayotganlarni maydonga tushirishi kerak bo'lib qoldi" Yangiliklar

Xavi: "Barselona" kam o'yin amaliyoti berilayotganlarni maydonga tushirishi kerak bo'lib qoldi"

"Barselona" bosh murabbiyi Xavi garchi jamoada jarohatlar ko'p bo'lsa-da, "Elche" mag'lub etilganidan mamnun bo'ldi.

LaLiganing 27-turi doirasidagi uchrashuvda kataloniyaliklardan Usmon Dembele, Pedri, Andreas Kristensen, Frenki de Yong kabi futbolchilar qatnashgani yo'q.

"Xursandman. Bugungi o'yinga tarkibni tuzar ekanman, kam o'yin amaliyotiga ega bo'layotgan futbolchilarni maydonga tushirishga majbur bo'ldim. Ular yuqori darajadagi o'yinni namoyish qilib berishdi. Mana bu haqiqiy jamoa.

Yana bir qadamni tashladik va juda kerakli g'alabaga erishdik. Jamoaning o'yinidan mamnunman.

To'g'risini aytsam, Erik Garsiyani markazda o'ynatish g'oyasi Yordi Kroyffdan chiqdi. U buni o'tgan yildan buyon menga gapirib kelayotgandi. Buni murabbiylar shtabi bilan birgalikda o'yladik va so'nggi oylar davomida uni mashg'ulotlarda tayanch futbolchisi sifatida o'ynatdik. U bugun yaxshi o'yin namoyish qildi. Menimcha undan yaxshi tayanch yarim himoyachisi chiqadi.

Fati bugun ideal o'ynadi, gol esa doimo ishonch bahsh qiladi. Ansu o'yin so'ngida charchab qoldi, chunki u katta mehnat qildi. U menga juda muhim. Gol - uning mehnati samarasi bo'ldi. SHuningdek, Ferran Torres uchun ham xursandman. U ham golga loyiq mehnat qildi", - dedi "Barselona" ustozi.

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика