Xavi: "Barsa" sovrinlar uchun kurashishi kerak. Hozirgi o'rnimizga loyiq emasligimizni isbotlashimiz lozim"
20 noy 2021 08:54
Yangiliklar
Xavi: "Barsa" sovrinlar uchun kurashishi kerak. Hozirgi o'rnimizga loyiq emasligimizni isbotlashimiz lozim"
"Barselona" bosh murabbiyi Xavi klubning La Liga va ECHLdagi holati haqida gapirdi.
"Maqsadimiz - g'alaba qozonish. Biz yaxshi holatda emasmiz va CHempionlar ligasidan chiqib ketishimiz mumkin. Maqsad - yaxshi tayyorlanib, yuqoriga ko'tarilish.
Biz sovrinlar uchun kurashishimiz kerak. Noldan boshlayotganimiz yo'q. Lekin, pozitiv kayfiyatni ko'rsatib, "Barsa" hozirgi holatga loyiq emasligini isbotlashimiz lozim. Ko'ramiz, qanchalik uzoqqa bora olarkinmiz", - dedi Xavi.
Malumot uchun, bugun "Barselona" La Liga doirasida "Espanol"ga qarshi o'ynaydi. Bu Xavi uchun "Barsa" bosh murabbiyi sifatida ilk o'yin bo'ladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Тезкор хабар! Рубен Аморим МЮдан кетди
Расман: Шерзод Насруллаев — "Пахтакор" аъзоси!
Fikrlar