Xavi "Barsa" bilan AQSHga bormaydi
16 iyu 2022 18:28
Yangiliklar
Xavi "Barsa" bilan AQSHga bormaydi
"Barselona" bosh murabbiyi Xavini avvalroq Eronga borgani tufayli AQSHga kiritishmaydi.
Kataloniyaliklar AQSHda mavsumoldi yig'in o'tkazishni rejalashtirgan, ammo bosh murabbiy okean ortiga jamoa bilan uchmaydi.
Avvaliga "Barselona" Xavi "administrativ (mamuriy) va pasport bilan bog'liq muammolar" tufayli AQSHga bora olmasligini malum qilgandi.
Ispan nashri "Mundo Deportivo"ning xabariga ko'ra, Xavi avvalroq Eronga borgani sabab AQSH hududiga kiritilmaydi. Ispaniyalik Qatarning "Al-Sadd" klubi tarkibida futbolchi sifatida ushbu mamlakatga uch marta tashrif buyurgan.
Oxirgi pallagacha Xaviga AQSHga kirish uchun maxsus ruxsatnoma berishlari kutilgandi, ammo rad etildi. Endi "Barselona" masalani ijobiy hal qilish uchun kamida dushanba kunigacha sabr qilishiga to'g'ri keladi.
Fikrlar